So’nggi yangiliklar

15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  0 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  0 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  5 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  6

Akmal SHorahmedov: "Kim piyoda yursa, termaga boshqa chaqirilmasligini yaxshi biladi" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "Kim piyoda yursa, termaga boshqa chaqirilmasligini yaxshi biladi"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Akmal SHorahmedov Qatar termasiga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bizda raqibning qanday o'yin ko'rsatishiga qaralmayapti. Kuzatayotganingizdek, har o'yinda bizda tarkib o'zgarmoqda. Ilk navbatda himoya va markaziy yarim himoyaga etibor berilmoqda. Keyingi yig'inlarda biz hujumkorlikka etibor qaratamiz. Hammasi bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

Qatar yuqori texnikaga va ispaniyalik murabbiyga ega terma ekanligini bilamiz. Raqib yarim maydonida hududlar ochilib qolishi uchun biz to'pni atayin ularga berib qo'ydik. Qatar termasining qanday o'yin ko'rsatishiga ahamiyat bermadik. Asosiy etibor o'z xatolarimizni to'g'rilashda bo'ldi.

"Paxtakor"da mening qanotimda hujumchi o'ynaydi. U erda men ochilsam ham, to'pni oshirishmaydi, ularning o'zlari hujumga o'tishadi. "Paxtakor"da funkciya umuman boshqacha. Bu erda esa to'xtab qoladigan futbolchi keyingi yig'inlarga chaqirilmasligini yaxshi biladi. Kim charchasa, o'zgartirilishi mumkin. Ammo kimki orqaga qaytmasa, oyog'ini kurashdan olib qochsa, maydonda piyoda yursa, jamoada bo'lmaydi, buni barcha yaxshi biladi. SHuning uchun ham barcha to'xtamasdan yugurmoqda. Kuper juda ham talabchan murabbiy. Kimdir hujumga o'tishda yoki himoyaga qaytishda piyoda yuradigan bo'lsa, terma bilan xayrlashadi.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика