So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  7 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

Akmal Saitqulov: "Transfer taqiqini olingani futbolchilarga qo'shimcha ruhiyat bag'ishladi" Yangiliklar

Akmal Saitqulov: "Transfer taqiqini olingani futbolchilarga qo'shimcha ruhiyat bag'ishladi"

Pro liganing oltinchi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Yangier" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Akmal Saitqulov fikrlarini bildirib o'tdi.





"Bugungi o'yinga murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda himoyaviy uslubni tanlagan edik. Haqiqatdan ham jamoamiz orqa chiziqda to'g'ri o'ynadi. Hujumda muammolarimiz borligi rost. Qanot vingerlari etishmayotgani ko'rinib turibdi. Qarshi hujumda tezroq harakat qilganimizda yutishimizga ishonardik. "Yangier" yaxshi shakllanayotgan jamoa. Tarkibi legionerlar bilan kuchaytirilgan",- deydi murabbiy.

- Elyor Omonjonovni erta almashtirishni sababi nimada?
- U sog'lig'i bilan bog'liq etiroz bildirgani yo'q edi. Lekin o'yin davomida yuragi tomondan ko'krak qisishi bo'ldi. Hozirda holati yaxshi. Ko'rib turibsiz zaxiramiz tor. Bolalarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman.

- Asror Aliqulov qachon jamoani qabul qilib oladi?
- Asror Aliqulov biz bilan birga. O'z maslahatlarini berib turibdi. Ixtiyor Karimov, Asror Aliqulov barchamiz birgalikda o'yinlarni tahlil qilyapmiz. Bosh murabbiyning davolanish jarayoni davom etmoqda. Qachon yakunlanishi nomalum. Iyun oyida Pro licenziyasi uchun o'qishlar boshlanadi. SHu pallada ham Asror CHorievich biz bilan birga bo'lolmasligi mumkin. Har qanday holatga tayyor turishimiz kerak.

- Asadbek Samariddinovda bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ushbu futbolchi Rasul Yulmuhametov bilan yaxshi tandem hosil qilyapti. Lekin qolgan futbolchilar bilan o'ynab keta olayotgani yo'q...
- To'g'ri aytdingiz. Samariddinov ishonchni oqlay olmayapti, deyish noto'g'ri. U hali yosh futbolchi. Tajriba etishmayapti. Balki ozroq dam olish imkonini berarmiz. Uning o'rniga o'yinchi yo'q. Bekzod Suvonovda charchoq alomatlari bor.

- Siz jamoani boshqarayotgan vaqtda natija va o'yin darajasi yaxshilanayotganini ko'ryapmiz...
- Kubok bahslarida taktik tomondan o'zgarishlarga qo'l urdik. Bolalarda o'ziga bo'lgan ishonch ortib boryapti. Transfer taqiqi olingani ham qo'shimcha ruhiyat berdi. Ixtiyor aka ham yordam beryapti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика