Akmal Saitqulov: "Sho'rtan" ikkinchi davrada kuchayadi, deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2021
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Akmal Saitqulov fikrlarini bildirib o'tdi.





"G'alaba bilan g'uzorlik muxlislarni tabriklayman. Oson bo'lmagan yutuqni qo'lga kiritdik. Raqib safida mahoratli va tajribali futbolchilar ko'p edi. O'yin davomida ham bu sezildi. Ular ochiq futbol taklif qilishini bilgan holda qarshi hujumda ulashga harakat qildik. E'tibor bergan bo'lsangiz, birinchi bo'limning oxirigacha hujum uyushtirdik. Bilasiz tarkibimizda barcha futbolchilar yosh. Ular esa bitta vaziyatdan foydalanib gol urdi. Qarshi hujumlardan unumli foydalanib gol urdik. 

Asror Aliqulov bilan muloqotni uzganimiz yo'q. Kerakli ko'rsatmalari asosida yigitlarni tayyorladik. Futbolchilar oxirgacha berilgan vazifani bajarishdi. 

Pro ligadagi qiyin vaziyatdan chiqib keta olamiz. Transferlar ochilgach kerakli poziciyalarni to'ldirishga harakat qilamiz. "Sho'rtan" ikkinchi davrada kuchayadi, deb o'ylayman",- deydi Akmal Saitqulov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia