Akmal Rustamov: “Obod”ga qarshi jiddiy uchrashuv kutmoqda”
09 apr 2016 11:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204192_original.jpg)
![](/upload/storage/204192_220.jpg)
Akmal Rustamov: “Obod”ga qarshi jiddiy uchrashuv kutmoqda”
O'yin oldidan "konchilar" sardori Akmal Rustamov fikrlari bilan qiziqdik.
- Dastlabki uchta tur muxlislarga kutilgan va kutilmagan natijalarni taqdim etgani bilan yodda qoldi, - deydi Akmal Rustamov. - Mavsumni g'alabalar bilan boshladik. Yakunlangan uchrashuvlar shuni ko'rsatdiki, chempionatimizda kuchsiz jamoa yo'q. Jumladan, debyutant bo'lishiga qaramay, “Obod” futbolchilari ham o'zlarining chiroyli o'yinlari bilan ko'pchilikning etiboriga tushmoqda. Ularga qarshi bizni shiddatli va murosasiz bahs kutib turibdi. O'yin oson bo'lmaydi.
Jamoadoshlarimning kayfiyati alo. Maqsad esa yagona - g'alabali seriyani davom ettirish, albatta. O'z muxlislarimizni xursand qilish hamda Toshkentda muhim uch ochkoni qo'lga kiritish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz, - deydi Rustamov.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar