So’nggi yangiliklar

08:50Россиялик машҳур мураббий: «Ҳусановнинг «Манчестер Сити»га трансфери мени ҳайрон қолдирди»  9 08:16«Пахтакор» «Бунёдкор» футболчисини қанчага сотиб олгани маълум  5 07:47А Серия. "Милан" "Кальяри"ʼни ўз уйида юта олмади, "Ювентус" дербида дуранг ўйнади ва бошқа натижалар  8 01:41Бундеслига. Кейннинг голи "Бавария"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  1 01:37Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса Шукуров жамоасини енга олмади  2 00:42Англия кубоги. "Манчестер Сити" тўртинчи лига жамоасига жавобсиз 8та гол урди!  45 23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  6 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  6 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  16 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  32 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  4

Akmal Rustamov: "Eng yaxshi deb topilishimni kutmagandim" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Eng yaxshi deb topilishimni kutmagandim"

“Qizilqum” jamoasi uchun ikkinchi davra bellashuvlari muvaffaqiyatsiz chiqdi. Ular ketma-ket uchta uchrashuvda mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi hamda musobaqa jadvalidagi o'rniga tasir ko'rsatmoqda.
16-turda “oltin izlovchilar” “Paxtakor”ni qabul qilishdi va 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Mazkur o'yindan keyin mezbonlar himoyachisi Akmal Rustamov bilan suhbatlashdik. Rustmov iyul oyida jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovda chempionatimizning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

- Akmal aka, “Paxtakor” g'alabaga haqli ravishda o'yin ko'rsatdimi yoki Sizlar bo'sh harakat qildingizlarmi?
- Bizga ham mehmonlarga ham bu uchrashuvda g'alaba muhim edi. CHunki avvalgi ikkita uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganimiz bois, “Paxtakor” ustidan g'alaba qozonishga harakat qildik. Afsuski, uchrashuv omad ham bizga kulib boqmadi. Qolaversa, hakamlarning bazida qabul qilgan qarorlari tushunarsiz bo'lib chiqdi. Bu bilan barcha aybni hakamlarga ag'darmoqchi emasman. Mag'lubiyatda futbolchilarning ham ayblari bo'ldi. Raqibga munosib qarshilik ko'rsata olmaganimiz bois, mag'lub bo'lgandirmiz deb o'ylayman.

- Ketma-ket uchta mag'lubiyatdan jamoa o'zi uchun etarlicha xulosa chiqardimi?
- Ha, endi etarlicha xulosalar chiqarildi. Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin futbolchilarning ham ayblari katta bo'ldi. Xatolarimiz ustida muhokama bo'lib o'tdi. Ashaddiy muxlislarimiz oldida xijolatga ham tushib qoldik. CHunki imkoniyatlarimiz keskin pasayib ketdi. Endi navbatdagi turda “Neftchi”ga qarshi o'z maydonimizda to'p surishimiz kerak. Mana shu uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Tayyorgarlik boshlandi va o'yin kuniga qadar yuqori sport darajaga chiqib olishimizni istayman.

- Hozirgi vaziyatdan chiqib ketish uchun Lukin nimadir qilishi kerak, deb o'ylaysizmi?
- Bosh murabbiyimiz ham vaziyatni to'g'ri tushunib turibdi. “Andijon” bilan bo'lgan o'yindan keyin xatolarimiz qanday bo'lganligi, qanday bo'lmasin, holatimizni tiklash uchun boshqotirishimiz lozimligi aytildi. Darhaqiqat, uchta mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarimiz ham qattiq tashvishga tushib qolgan. Lukin ham qanday bo'lmasin, vaziyatni o'zgartirish payida bo'lmoqda. “Neftchi” bilan bo'ladigan uchrashuvda hammasini iziga tushishi uchun harakat qilishimiz lozim. SHunda hammasi o'zim kutganchalik bo'lishiga shubha qilmayman.

- Ikkinchi davrani bunchalik omadsiz boshlanishigi kutmagan bo'lsangiz kerak?
- Yo'q, albatta kutmagandim. “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalariga qarshi o'yinlarda to'p surishimizga qaramay, o'z maydonimizda bo'layotganligi uchun ham g'alaba qozonishimizga, hech bo'lmasa raqibdan ochko tortib olishimizga ishongandim. “Andijon” ham davralar oralig'i paytida tarkibni kuchaytirdi. SHunga qaramay, safardagi o'yinda ochko bilan qaytish ilinjida tashrif buyurgandik. Albatta, mag'lubiyatlardan keyin futbolchilarning kayfiyatlari keskin tushib ketadi. “Neftchi”ni mag'lub qilsak, hammasi boshqacha bo'ladi deb o'ylayman.

- Oxirgi o'yinlarda murabbiylar shtabi Sizni birinchi taymdan so'ng almashtirmoqda. Bunga nima sabab bo'lmoqda?
- “Andijon”ga qarshi uchrashuvdan oldinroq o'zimni biroz yomon his qilayotgandim. SHuning uchun ham birinchi bo'limdan so'ng almashtirishga qaror qilishdi. “Paxtakor” bilan bahsda to'p uchun kurashda Kaxi Maxardze bilan boshimiz to'qnashib ketdi. SHundan keyin ikkimizning ham boshimiz yorildi. Tibbiy yordamdan keyin, miyam biroz chayqalgan ekan, shifokorlar almashishim kerakligini aytishdi. SHu boisdan murabbiylar o'rnimga boshqa futbolchini maydonga tushirishdi.

- Jiddiy jarohatdan keyin holatingiz yaxshimi?
- Ha, hammasi yaxshi. Hozirda o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Jismoniy tarafdan ham kamchiliklar yo'q. Keyingi o'yinga tayyorman.

- Nima deb o'ylaysiz, mavsumning ikkinchi pallasida muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatayotganlaringga SHishelovni yo'qligi sezilayotgandir?
- SHishelov tajribali futbolchi edi. Bizga ko'p yordami tegayotgandi. Biroq futbolchi oilaviy muammolar sabab, “Qizilqum” jamoasidan ketishiga to'g'ri keldi. Uning ketganligi mana shunday uchrashuvlarda ko'zga tashlanmoqda. Ammo uning o'rnini to'ldiradigan futbolchilar jamoamizda bor. Ular qo'llaridan kelgancha Volodyaning yo'qligini bilintirmaslikka harakat qilishmoqda.

- Davralar oralig'ida jamoaga kelgan Georgiy Kvesiashvili himoyani kuchaytirish o'rniga bo'shashtirib yuborgan ko'rinadi.
- Kvesiashvili katta tajribaga ega bo'lgan himoyachi hisoblanadi. Albatta, himoyamizni yanada mustahkamlashi uchun ham aynan uni jamoaga taklif qilgandi. Hozircha Georgiy muhitga to'liq moslashib keta olmadi shekilli, o'zining yuqori darajasida o'yin ko'rsatmayapti. Unga biroz vaqt kerakga o'xshab qolmoqda.

- Vaziyatni hammasi joyiga tushib ketishiga ishonasizmi?
- Ha, ishonaman. Keyingi o'yinlarda albatta jamoamiz boshqacha futbol namoyish qiladi. Mavsumni yuqori o'rinlarning birida tugatish maqsadimiz bor. Aynan shuni qo'lga kiritish uchun keyingi o'yinlarda boshqacha futbol ko'rsatishga, jamoa bilan birgalikda harakat qilamiz.

- Iyul oyida jurnalistlar tomonidan chempionatimizning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Bunday nomga loyiq bo'lishingizni kutmaganmidingiz?
- Albatta, kutilmagan yangilik bo'ldi. CHunki men himoyachiman, asosiy vazifam raqib darvozamizni ishg'ol qilmasliki uchun harakat qilamiz. SHunga qaramay, OAV xodimlari meni yaxshi deb topishgani meni yanada xursand qilib yubordi. Buning uchun fursatdan foydalanib, barcha jurnalistlarga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- Bundan nomga sazovor bo'lishingiz o'z-o'zidan bo'lmagandir, to'g'rimi?
- Menimcha, o'tgan oyda chempionat doirasida ikkita to'p kiritishga erishgandim. SHu bilan birgalikda ikkita kiritilgan to'plarga assisentlik qilgandim. Aynan shunday ko'rsatkichlar qayd etganim uchun ham meni eng yaxshi deb topishgan bo'lishsa kerak deb hisoblayman. Baribir jurnalistlarning futbolchilarning qilayotgan mehnatlariga befarq emasligi uchun ularga rahmat aytaman.


Izzatbek Abduvahobov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика