So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Akmal Ortiqov: “Yana “Olmaliq”qa qaytsam kerak” Yangiliklar

Akmal Ortiqov: “Yana “Olmaliq”qa qaytsam kerak”

“Navbahor” jamoasi joriy mavsumda 8-o'rinni egalladi. Bu kimdir uchun qoniqarli, yana kimdir uchun qoniqarsiz natija bo'ldi.

Futbolchilar esa imkon qadar muxlislarni xursand qilishga va murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qilishdi. Bu borada namanganlik darvozabon Akmal Ortiqovni ham alohida etirof etsak arziydi. Ikkinchi davrada “Olmaliq”dan taklif qilingan ushbu posbon tez orada muxlislar ishonchini oqlashga kirishdi. U ikkinchi davrada kelganiga qaramay, ushbu mavsumda “Navbahor” darvozasini eng ko'p o'yinda qo'riqladi. Buning ustiga u mahalliy futbolchi edi va maydonda ikki hissa ko'p kuch bilan harakat qildi. SHu bois Ortiqov bilan yakunlangan mavsum va kelajagi haqida suhbatlashdik.

- Avvalo yakuniga etgan mavsum haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Bu yilgi mavsum oldingilariga qaraganda ancha yaxshi o'tdi deb o'ylayman. O'ziga yarasha intriga ham bo'ldi. Kuchli va kuchsiz jamoalar ham oxirigacha maqsadiga erishish uchun harakat qilishdi. Xullas, har yilgidan ko'ra bu safargi mavsum yaxshiroq o'tdi, nazarimda. Balki o'zim o'ynaganim uchunmi, xullas chempionat boshqacha kechdi.  

- Nima deb o'ylaysiz, “Navbahor” uchun vazifa bajarildimi yoki...
- Bilishimcha, chempionat boshida klub oldiga kuchli oltitalikdan joy olish vazifasi qo'yilgan ekan. Ammo keyinchalik jamoada moliyaviy muammolar paydo bo'ldi. SHuni hisobga olganda, egallagan 8-o'rinni yomon natija deb hisoblamayman. Bu borada rahbariyat tomonidan etirozlar bo'lmadi. Umuman olganda, vazifani deyarli bajardik desam ham bo'laveradi. 


- “Navbahor” mavsumni barqaror o'tkaza olmadi. Bazida g'alabalar va yana bazida mag'lubiyatlar girdobiga tushib qoldinglar. Sizningcha, barqaror o'yin ko'rsatishga nima to'sqinlik qildi?
- Hamma o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushganmiz. Baribir moliyaviy muammo barchaga tasir qildi shekilli.

- Joriy yilda “Navbahor” darvozasini to'rtta posbon qo'riqladi. Sizdan tashqari Andrey Melnichuk, Xurshid Xo'jaev va Nodir Ashurmatov ham namanganliklar sharafini himoya qilishdi. Siz esa eng ko'p 13 ta uchrashuvda “Navbahor” darvozasida turdingiz. Bu statistikadan xabaringiz bormi?
- Aynan bugun ushbu malumotni bildim (suhbat 5 dekabrda bo'lgan). Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov meni klubga taklif qilganida agar jarohat yoki sariq kartochkalar halaqit qilmasa barcha o'yinlarda menga ishonch bildirib asosiy tarkibda maydonga tushirini aytgandi. Men esa qo'limdan kelganicha murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qildim.

- Eng ko'p o'yinda maydonga tushishingizni kutganmidingiz?
- Albatta, ko'proq o'ynashni xohlagandim. Birinchi davrada “Olmaliq”da o'yin amaliyotiga ega bo'la olmagandim. SHuning uchun Igor SHkvirindan ruxsat so'rab o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun “Navbahor”ga kelgandim.

- Namanganga kelib to'g'ri qaror qabul qilganingizni his qilibsiz-da?
- Ha, shunday. Bu erda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lib, ancha o'zimga kelib oldim. “Olmaliq” bilan amalda shartnomam bor. O'ylaymanki, bu klubga yordamim tegadi.

- “Navbahor”da ijara hisobida o'ynadingizmi?
- Ha, ijarada o'ynadim.

- “Olmaliq” bilan shartnomangiz qachon tugaydi?
- SHu oyning oxirida yakunlanadi. “Olmaliq” bilan shartnomamni yana uzaytirish niyatidaman. 

- Faoliyatingizni yana “Navbahor”da nima uchun davom ettirmaysiz?
- “Navbahor”da hali qaysi murabbiyning ishlashi aniq emas. Baxtiyor Azamovichning o'zi qoladimi yoki boshqa murabbiy keladimi, buni hozircha bilmaymiz. Hamma masala hal bo'lganidan keyin o'ylab ko'rish mumkin. Namanganlik muxlislarni juda hurmat qilaman. Ular nihoyatda talabchan.  

- Demak, yangi mavsumda ham “Olmaliq” bilan shartnomangizni uzaytirish ehtimolingiz katta shundaymi?
- Ha, “Olmaliq”da davom ettirishimning ehtimoli katta. 


- Birinchi davrada u erda o'zingiz aytganingizdek, o'yin amaliyotiga ega bo'lganingiz yo'q. “Navbahor”da esa hammasi boshqacha bo'ldi va Siz ko'p o'yinlarda qatnashdingiz. SHuni hisobga olganda, yana “Olmaliq”qa qaytishingiz o'yin amaliyotingiz etarli bo'lishiga to'sqinlik qilmasmikin, nima deb o'ylaysiz?
- Hamma joyda ham raqobat bor. Ayniqsa, sog'lom raqobat bo'lishining tarafdoriman. Men ham bor kuchim bilan ishlashga va qishki mashg'ulotlarda o'z ustimda mehnat qilib, yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilaman. Asosiy darvozabon bo'lish uchun qo'limdan kelganicha mehnat qilaman.

- Odatda “Navbahor”da mahalliy darvozabonlar juda kam bo'ladi. Asosan xorijlik yoki boshqa shahardan kelgan posbonlarni ko'ramiz. Ikkinchi davrada esa namanganlik posbon sifatida o'zingizdan iliq taassurot qoldira oldingiz. Sizningcha, nima sababdan namanganlik darvozabonlarga etibor kam?
- Bunga murabbiylarning qo'nimsizligi ham sabab bo'lyapti deb o'ylayman. Har yili kerak bo'lsa ikki-uchtadan bosh murabbiylar almashtiriladi. Yangi keladigan murabbiy esa albatta o'zi bilan darvozabonini ham taklif qiladi. Baxtiyor Ashurmatov esa ko'proq menga ishonch bildirdi va menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qildim. Namanganlik darvozabonlarga o'zlarini ko'rsatish uchun etarli imkoniyat berilmagan. Yangi kelgan murabbiy esa albatta o'zi jalb qilgan posboniga ishonadi. Mahalliy darvozabonlarga imkon berilmagani uchun ular birinchi liga yoki boshqa klublarda faoliyat ko'rsatishga majbur bo'lishyapti.

- Umuman, namanganlik o'sib kelayotgan yosh posbonlar uchun nima degan bo'lardingiz?
- Muxlislar jamoada muhalliy futbolchilar o'ynashini istashmoqda. SHu jumladan namanganlik darvozabonlarga ham ishonishyapti. Umid qilamizki, keyingi yilda albatta mahalliy posbonlarga ham imkoniyat beriladi.

- Bir so'z bilan aytganda, “Navbahor”dagi yarim yillik faoliyatingizdan qoniqdingizmi?
- Ha, qoniqdim. Ancha yaxshi degan bo'lardim. Darvozabon sifatida Baxtiyor Ashurmatov ko'magida shakllanishimda “Navbahor” katta yordam ko'rsatdi.

- Darvozabon sifatida o'z oldingizga qo'ygan maqsadlaringiz qanday?
- Albatta kuchliroq klublar sharafini himoya qilib, doimo o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlayman. Hech kim maydondan tashqarida bo'lib qolishni istamaydi.

- “Olmaliq” bilan shartnomangizni uzaytirishingiz haqida aytdingiz. Ammo boshqa klublardan yaxshiroq taklif bo'lib qolsa nima qilasiz?
- Ha, men uchun takliflar bo'lyapti. 31 dekabrga qadar “Olmaliq” jamoasining azosiman. Birinchi navbatda “Olmaliq”dagi taqdirimga oydinlik kiritaman. Qolgan masalalar esa ikkinchi darajalidir. Olmaliqliklarning 17 dekabrda dastlabki yig'inda qatnashaman.


SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика