So’nggi yangiliklar

03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  10 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  10 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  11 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  10 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0

Akmal Mozgovoy: "Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin shokka tushmadik va oxirigacha harakat qildik" Yangiliklar

Akmal Mozgovoy: "Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin shokka tushmadik va oxirigacha harakat qildik"

O'zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin “Nasaf” azosi Akmal Mozgovoy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor, g'alaba bilan tabriklayman! O'yin boshida oldinroqda o'ynadingiz, gol urish haqida o'ylaganmidingiz?

- Endi birinchi o'rinda jamoaga yordam berishni o'ylaymiz. Gol urganimga kelsak, jamoaga yordam berganimdan xursandman.

- Oxirgi o'yinlarda Umar Eshmurodov tayanch zonasida harakat qilmoqda. Bu siz va Markoga qiyinchilik tug'dirmayapti, chunki, Eshmurodov uchun bu poziciya biroz notanish.

- Yo'q, aksincha. Umar aka ancha tajribali o'yinchi. Oldinga o'tib ketsak, orqa chiziqda ancha yordam bermoqda.

- “Navbahor” hisobni tenglashtirgan keyin jamoada qandaydir shok holati yuz bergandek bo'ldi. Jamoaning kayfiyati tushib ketdi. Bu sizlarga qanday tasir qildi?

- Yo'q, u qadar shokka tushmadik. O'yin hali davom etishini barcha tushunib turgandik. Hali vaqt bor edi va oxirigacha harakat qildik. Natija ham yaxshi bo'ldi. Xudo xohlasa, Superliga chempionligini ham qo'lga kiritamiz.

Faxriddin Ro'ziev yozib oldi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика