Akmal Bozorov "Dinamo"ni tark etdi

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2018
Bir necha yildan buyon "Dinamo" klubi safida muvaffaqiyatli to'p tepgan jamoa sardori Akmal Bozorov Samarqand klubini tark etdi.

Tajribali yarim himoyachi mavsum yarmida "Dinamo" klubi bilan o'zaro shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. Erkin agentga aylangan Bozorov ayni damda 2-3 klubdan tushgan taklifni ko'rib chiqmoqda. Futbolchining yangi klubi tez orada ma'lum bo'ladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia