Akinfeev va Smolov nega terma jamoaga chaqirilmadi? CHerchesov tushuntirdi
27 avg 2018 18:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/450604_original.jpg)
![](/upload/storage/450604_220.jpg)
Akinfeev va Smolov nega terma jamoaga chaqirilmadi? CHerchesov tushuntirdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov Turkiya va CHexiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlar uchun milliy jamoa tarkibiga Igor Akinfeev va Fyodor Smolovni nega chaqirmaganini tushuntirdi.
"Nega Akinfeev tarkibda emas? Bir necha kun oldin u bilan suhbatlashdik. Igor Germaniyada tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Smolov? U yaqindagina yangi jamoaga o'tdi. Jamoasini o'zgartirgan futbolchiga tegmaslikka qaror qildik. Hozir uning atrofida gap-so'z ko'p. Dzyuba "Arsenal"ga o'tganida ham shunday qilganmiz" - deydi CHerchesov.
Turkiya hamda Rossiya o'rtasidagi Millatlar ligasi uchrashuvi 7 sentyabr kuni Trabzon shahrida bo'lib o'tadi. 3 kun o'tib, 10 sentyabrda Rossiya "Rostov Arena"da CHexiyani qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar