So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Akinfeev Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Akinfeev Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Teglar :  Igor Akinfeev
CSKA posboni Igor Akinfeev Rossiya terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida malum qildi.

"Har bir hikoyaning boshi va oxiri bor. Milliy terma jamoadagi mening hikoyam o'z yakuniga etdi.

Rossiya terma jamoasini vatanimizdagi mundialda maydonga sardor sifatida boshlab chiqish men uchun katta sharaf bo'ldi. Bu haqida xatto orzu ham qilmagan edim. Ammo bu amalga oshdi va terma jamoadagi faoliyatimning cho'qqisiga aylandi desam ham bo'laveradi. Ha, biz jahon chempionatida medal olmadik, biroq barcha yigitlar bor kuchi bilan harakat qilishdik. Terma jamoada 15 yil - katta muddat. Yillar o'tishi bilan ikki frontda o'ynash qiyinlashib boraveradi. Oldingi jarohatlar tufayli tiklanishga ko'proq vaqt sarflanadi. Bugun yoshlarga imkoniyat berib, bor etiborimni CSKAga qaratish kerakligini tushunib etdi. Jamoani xotirjam tark etyapman: Rossiyada kuchli va istiqbolli yoshlar paydo bo'ldi, ularning bazilari mundialda o'zini haqiqiy sardordek ko'rsatdi. Yoshlarga ishonishimiz, ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Mayli, ular bizdanda muvaffaqiyatliroq bo'lsin. Bundan faqat xursand bo'lamiz! Milliy jamoada men bilan birga ishlagan murabbiylarga, futbolchilarga, xodimlarga va ko'p millionlik muxlislarga raxmat aytmoqchiman. Rossiya - olg'a!" - deydi Akinfeev.

Igor Akinfeevning Rossiya terma jamoasidagi debyuti 2004 yil Norvegiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:3) amalga oshgan. U hozirgacha terma jamoaning 112ta uchrashuvida maydonga tushib, 95ta gol o'tkazib yuborgan. Posbon Rossiya terma jamoasi safida Evro-2008da bronza medalini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика