So’nggi yangiliklar

02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Akbar To'raev: "CHiroyli gollar o'tkazib yuborish bo'yicha yaqinda "xit-parad"larga kirsam kerak" Yangiliklar

Akbar To'raev: "CHiroyli gollar o'tkazib yuborish bo'yicha yaqinda "xit-parad"larga kirsam kerak"

"Bunyodkor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng "qaldirg'ochlar"ning darvozaboni Akbar To'raevni suhbatga chorladik.

Malum vaqt o'z postini jamoadoshi Murod Zuhurovga berib qo'ygan Akbar To'raevdan uchrashuv haqida, jamoadoshi Murod Zuhurov bilan yuzaga kelgan raqobat va "Bunyodkor"ning "Paxtakor"ga qarshi bo'lajak o'yini borasida so'radik.


"Qiziqarli o'yin bo'ldi. Uchrashuvda asosan biz ustunlik qildik. Bahs davomida to'pni asosan biz nazorat qildik. Bu bellashuvda jamoalar o'rtasidagi tafovut, futbolchilarning mahorati yaqqol bilindi. Bizning futbolchilar mahorat bobida "Qizilqum" azolaridan kuchliligi sezildi. O'tkazib yuborilgan gol? O'sha vaziyatni zarba berilishini kutgandim, biroq to'pning bu tarzda yo'naltirishini kutmagandim. Menimcha, chiroyli gollar o'tkazib yuborish bo'yicha yaqinda xit-paradlaga tushsam kerak. Birinchi davrada jarohat olgandim. Ayni paytda jarohatdan forig' bo'ldim, Xudoga shukur. Bu orada Murod akam Zuhurov juda ishonchli tarzda darvozani qo'riqladilar. Bizlarda sog'lom raqobat vujudga kelgan. Men bunga yaxshi qarayman, to'g'ri tushunaman. Kim kuchli bo'lsa murabbiy o'shani tarkibga kiritadi. "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yin? "Qizilqum" bilan bo'lgan o'yin hoziroq unutildi. Endi barcha o'y-hayollar "Paxtakor"ga qarshi kechadigan bahsga qaratiladi. Men jamoamizga ishonaman. Xudo xohlasa, "Paxtakor" to'sig'idan o'tib finalga yo'l olamiz. Ertadan boshlab ushbu bellashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Umid qilamanki, finalda biz o'ynaymiz. Javlon Ibrohimovning jarohat olganligi jamoa uchun katta yo'qotish deb o'ylayman. Ibrohimov ko'p yildan buyon jamoamizning etakchi futbolchisi sanaladi. Tayanch yarim himoya chizig'imizning haqiqiy etakchisi Ibrohimov hisoblanadi. Endi uning o'rnini Sardor Sobirxo'jaev va Dilshod Jo'raev singari futbolchilarimiz to'ldira olishadi", - deydi Akbar To'raev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика