So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

“Ajdarlar” “jang”ga tayyormi? Yangiliklar

“Ajdarlar” “jang”ga tayyormi?

Kelasi haftada o'zbek jamoalaridan birinchi bo'lib Qarshining "Nasaf" jamoasi yangi mavsumga rasman kirishadi.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" OCHL saralash bosqichida Bahraynning "Al Xidd" jamoasi bilan kuch sinashadi. SHu boisdan "Nasaf" yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 2 haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib keldi.

Ro'ziqul Berdiev ushbu yig'inda asosan futbolchilarning jismoniy, funkcional holatiga etibor qaratdi. "Nasaf" mavsumni juda erta boshlashi bois, jamoa qisqa fursat ichida o'yin amaliyotiga ega bo'lishi darkor. Buni etiborga olgan murabbiylar shtabi, yig'in davomida jami 6ta nazorat bellashuvlarida jamoani maydonga boshlab tushishdi. Eng qizig'i va quvonarlisi, "Nasaf" o'tkazilgan barcha o'yinlarda g'alaba nashidasini surdi. Nazorat uchrashuvlarida natija muhim ahamiyat kasb etmasada, bu g'alabalar jamoaga yaxshi taraflama tasir ko'rsatishi mumkin.


Har qanday g'alaba jamoaning g'oliblik ruhini kuchaytirishi aniq.

Ro'ziqul Berdiev "AEL" (Kipr), "Botoshani" (Ruminiya), "Neftchi" (Ozarboyjon), "Sumgait" (Ozarboyjon) kabi raqiblarga qarshi bahslarda jamoani 5-4-1 taktik sxemasida o'ynatdi. Mazkur o'yinlarda "ajdarlar" bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ukrainaning "Karpati" va Qozog'istonning "SHaxtyor Qarag'anda" jamoalari bilan bo'lgan uchrashuvlarda esa Berdiev o'zining ananaviy 4-5-1 taktik sxemasidan foydalandi. Bu o'yinlarda esa "Nasaf" 3:1 hisobida zafar quchdi.

Murabbiy nazorat uchrashuvlarining to'rttasida himoyaviy, yani 5-4-1 taktik sxemasini sinovdan o'tkazdi. Demak Ro'ziqul Berdiev "Al Xidd" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tsa, unda OCHL saralash bosqichining hal qiluvchi o'yinini safarda Saudiya Arabistonining "Al Fateh" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Berdievning Antaliyada sinovdan o'tkazgan himoyaviy o'yin uslubi aynan "AL Fateh" bilan bo'ladigan o'yinda qo'l kelishi mumkin. Har holda Berdiev shunga umid bog'lamoqda.
"Nasaf" "Karpati" va "SHaxtyor Qarag'anda" jamoalariga qarshi o'yinlarda qo'llagan odatiy o'yin uslubini (4-5-1) esa "Al Xidd" bilan bo'ladigan bahsda ham ishlatishi aniq. "Nasaf" bu taktik sxemada to'rt himoyachi, to'rtta yarim himoyachi, bitta hujumchi ortidagi hujumkor futbolchi va yagona markaziy hujumchi bilan harakat qiladi.
Ko'rinib turibdiki, Berdiev "Al Fateh"ga qarshi o'yin uchun alohida reja va taktika tayyorlamoqda. Lekin "Al Fateh" bilan uchrashish uchun bu uchrashuvga yo'llanma beruvchi  "chipta"ni qo'lga kiritish talab etiladi.


Bahraynning "Al Xidd" jamoasiga qarshi Toshkentda bo'ladigan uchrashuvda "Nasaf" ortiqcha muammoga duch kelmasligi lozim. CHunki raqib saviya va mahorat jihatidan "Nasaf"ga teng kela olmaydi. SHu boisdan "Nasaf" ushbu to'qnashuvda muvaffaqiyat qozonishi darkor.

Lekin futbolda har narsa ruy berishi mumkin. Zamonaviy futbolda istalgan jamoa, xoh u autsayder bo'lsin, har qanday raqibni bir o'yinda mag'lubiyatga uchrata olishi mumkin. Bu murabbiyning o'sha bahsga tayyorlaydigan puxta rejasi va raqibning ojiz nuqtasidan kerakli darajada foydalana olish natijasida bo'ladi.
SHu sababdan ham "Nasaf" "Al Xidd"ga qarshi o'yinda to'liq kuch bilan harakatlanishi, raqibni mensimaydigan holatlardan qochishi va konsentraciyani yo'qotmasligi talab etiladi.

Murabbiy futbolchilarni ruhan bu o'yinga kerakli miqdorda tayyorlay olishiga ham ko'p narsa bog'liq. Mavsumning ilk o'yini bo'lgani uchun ortiqcha hayajon kuzatilishi mumkin.

SHu boisdan ham murabbiy yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldindan ko'ra olishi va buni o'z vaqtida bartaraf etmog'i lozim.

Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilgan yig'inda "Nasaf"ning bir qator futbolchilari o'zlaridan kutilgan o'yinni namoyish etishdi. Xususan jamoaga o'tgan mavsumning ikkinchi qismidan kelib qo'shilgan va tezda haqiqiy etakchiga aylangan Dragan CHeran nazorat o'yinlarida o'zining goleadorlik qobiliyatini yana bir ko'rsatdi. Dragan CHeran 4ta gol bilan yig'indagi jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Jamoaning yana bir hujumchisi SHahboz Erkinov esa raqiblari darvozasiga ikki marotaba yo'l topdi. SHuningdek, jamoaning iqtidorli yosh hujumchisi Dilshod Xushbakov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. "Nasaf" jamoasining jizzaxlik istedodli futbolchisi Aziz G'aniev ham yig'in chog'ida gol urishni uddaladi. SHuningdek, SHarof Muhitdinov va Farruh Sayfiev singari futbolchilar ham "Nasaf"ning gollariga mualliflik qilishdi.


"Nasaf" yig'in davomida jami 6ta o'yin o'tkazdi va raqiblari darvozasini 10 marotaba ishg'ol etdi. Qarshiliklar o'tkazilgan 6ta o'yindan faqatgina ikkitasida o'z darvozalaridan bittadan gol qo'yib yuborishdi.

Ukrainaning "Karpati" (Sanjar Quvvatov) va Qozog'istonning "SHaxtyor Qarag'anda" (Umid Ergashev) jamoalariga qarshi o'yinlarda qarshiliklar darvozasi ishg'ol etildi. Qolgan to'rtta bahsda "Nasaf" o'z darvozasi dahlsizligini saqlay oldi. Etiborli tomoni shundaki, "Nasaf" gol o'tkazmagan o'yinlarning barchasida o'sha yangi sinovdan o'tkazilayotgan (5-4-1) taktik sxemasida o'ynadi. O'sha o'yinlarning ikkitasida darvozani Eldorbek Suyunov qo'riqlagan bo'lsa, qolgan ikkita bahsda Sanjar Quvvatov va Umid Ergashev almashib turishdi.

"Nasaf"ni yangi mavsum oldidan etakchi futbolchi, o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev tark etdi. Lekin bu bilan "ajdarlar"ning o'ng qanoti zaiflashib qolgani yo'q. Sababiki, uning o'rniga "Bunyodkor" jamoasi sardori Akmal SHorahmedov jamoaga jalb etildi. Akmal SHorahmedovning boy tajribasi "Nasaf"ga as qotishi aniq. Muhammadievning ustun jihati - uning tezligi va hujumlarga juda faollik bilan qo'shilishida bo'lsa, SHorahmedovning eng katta yutug'i - aql bilan o'ynashida. Tartibli, himoyalanishda mustahkam, kurashuvchan ushbu futbolchi Muhammadievning yo'qligini bilintirmasligi haqiqatga yaqinroq.
"Nasaf" jamoasining OCHL-2017ga topshirgan  qaydnomasida futbolchilarning yarmidan ko'pi klub akademiyasidan chiqqan tarbiyalanuvchilar ekanligi tahsinga loyiq.

31 yanvar kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida Bahraynning "Al Xidd" klubini qabul qiladi. Ushbu bahsda "Nasaf"ga omad tilab qolamiz!
 
Mazkur o'yinda g'alaba qozongan jamoa, OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun Saudiya Arabistonining "Fateh" klubiga qarshi maydonga tushadi.



"Nasaf"ning Turkiyadagi yig'inida o'tkazgan o'yinlari:

1.   "Nasaf" - “AEL Limassol” (Kipr) 1:0
Gol:
SHahboz Erkinov.
2.   "Nasaf" - "Neftchi" (Ozarboyjon) 1:0
Gol:
Farruh Sayfiev.
3.   "Nasaf" - "Botoshani" (Ruminiya) 1:0
Gol:
Dragan CHeran.
4.   "Nasaf" - "Sumgait" (Ozarboyjon) 1:0
Gol:
SHarof Muhitdinov.
5.   "Nasaf" - "Karpati" (Ukraina) 3:1
Gollar:
Dragan CHeran (2ta), Dilshod Xushbakov.
6.   “Nasaf” – “SHaxtyor Qarag'anda” (Qozog'iston)  –  3:1
Gollar:
  Azizjon G'aniev, SHaxboz Erkinov, Dragan CHeran.

"Nasaf" jamoasining OCHL doirasida o'tkazgan uchrashuvlari:

O'yin - 19
G'alaba - 3
Durang - 5
Mag'lubiyat - 11
To'plar nisbati: 14-31



"Nasaf"ning OCHL-2017 uchun topshirgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Umidjon Ergashev
Himoyachilar: Akmal SHorahmedov, Maqsud Karimov, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, SHerzod Azamov, Saydullo Rahmatov, Najmiddin Normurodov
Yarim himoyachilar: Azizjon G'aniev, Sirojiddin Qo'ziev, Dilshod Rahmatullaev, SHarof Muhitdinov, Bahrom Abdurahimov, Islom Rashidxonov, Akbar Murodov, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev
Hujumchilar: SHahboz Erkinov, Dilshod Xushbakov, Islom Kenjaboev, Bobir Abdixoliqov, Dragan CHeran.
 


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика