So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Aybek Nurboev: “SHartnomaga qadar hammasi yaxshi edi. Biroq...” Yangiliklar

Aybek Nurboev: “SHartnomaga qadar hammasi yaxshi edi. Biroq...”

O'tgan mavsum “Buxoro” uchun o'ynagan Aybek Nurboevga mavsum tugagach bir qator klublardan takliflar bo'layotgandi. Ammo qoraqalpoq o'g'loni joriy yil ham buxoroliklar tarkibida qolishni o'ylab, takliflarga rad javobini berib kelayotgandi. Biroq yaqinda uning jamoa bilan xayrlashganini eshitdik.
- Aybek aka, “Buxoro”dan ketishingizni qanday izohlaysiz?

- Bilasizmi shartnomaga qadar hammasi yaxshi kechayotgandi. Rahbariyat va bosh murabbiy bilan munosabatim juda iliq edi. Biroq bitim imzolanadigan paytga kelganda, voqealar rivoji tubdan o'zgarib ketdi. Ochig'i bunday bo'lishini o'zim ham sira kutmagandim. CHunki bu yil ham “Buxoro” qolishni rejalashtirgandim. Ammo bu xayot. Unda shunday kutilmagan xodislar uchrab turadi. Buni to'g'ri qabul qildim.

- So'nggi lahzada murabbiy bilan chiqisha olmadingizmi yoki rahbariyat bilan moddiy jihatni kelisha olmadingizmi?

- Moddiy tomondan. Kimdir men haqimda salbiy fikr bildirib, rahbariyatni chalg'itgan.

- Aniq nomni ayta olasizmi?

- Yo'q. Lekin o'zim uchun bilib qo'ydim.

- Ketish oldidan Aleksandr Mochinov bilan gaplashdingizmi?

- Aleksandr Vladimirovich klubga kelib, ish boshlagan kunlaridayoq men bilan hamkorlik qilishni istayotganini bildirgandi. SHuning uchun ham bu yil “Buxoro”da qolmoqchi edim. Yuqorida aytib o'tganimdek, bitta shaxs men haqimda ularga boshqacha tushuntirgan.

- SHundan so'ng sizni sobiq jamoangiz “Neftchi”ga o'tganingiz haqida eshitdik. SHu rostmi?

- Ha, shunday. 18 yanvardan farg'onaliklarning poytaxtdagi yig'iniga kelib qo'shildim. Lekin hozircha rasman kelishuvga erishmadik.

- Bu klubga sizni kim taklif etdi. Rahbariyatmi yoki murabbiy?

- Umuman olganda hammasi jamoaga qaytishimni istadi. O'zim ham sobiq jamoamni sog'indim shekilli, taklifni qabul qilib mashg'ulotlarga qo'shildim (kuladi).

- Oldingizda bundan boshqa variantlar ham bormidi?

- Ha, hozirgacha yana ayrim klublar chaqirmoqda.

- “Neftchi”da qolishingiz necha foizga aniq?

- Bu masala yaqin 2-3 kunda aniq bo'ladi.

 

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика