So’nggi yangiliklar

19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   0 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  0 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  6 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  2 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  15 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  18 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6

"Ahvolimiz yaxshi, faqat cho'kyapmiz..." Yangiliklar

"Ahvolimiz yaxshi, faqat cho'kyapmiz..."

Tokio yozgi Olimpiya o'yinlarining oltinchi kuni davom etmoqda.

Musobaqalar yakuniga qadar 10 kun bor, biroq bizni asosiy umidlarimiz sifatida ko'rilgan boks terma jamoamizning to'rt nafari musobaqa bilan xayrlashib bo'ldi. Musobaqalarning ilk davrasidan so'ng Sanjar Tursunov va Miraziz Mirzahalilov turnirni tark etgan bo'lsa, Fanat Qahramonov va Dilshodbek Ro'zmetov ikkinchi davradan so'ng turnir bilan xayrlashdi. Barcha Tokioda Riodagi natijalarni takrorlashimiz qiyinligi haqida aytishgandi, biroq bu darajada yomon natija bo'lishini hech kim kutmagandi.

Nega bunday bo'lmoqda?

1. Jismoniy holat yaxshi emasligi:

 O'zbek bokschilarining janglaridan ko'rib turibdiki, bokschilarimizning jismoniy holati mukammal holatda emas. Buni Fanat Qahramonov, Sanjar Tursunovda yaqqol ko'rinmoqda. Jangning dastlabki raundlaridan so'ng "o'chib" qolishmoqda.

2. O'quv-yig'in mashg'ulotlar haddan tashqari ko'payib ketgani.

Qozog'iston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Tursingali Edilov qozoqlarning omadsizlariga asosiy sabab sifatida haddan tashqari ortiqcha o'quv-yig'in mashg'ulotlar ekanligini aytgandi. Bu holat bizda ham sodir bo'ldi. Bitta mashg'ulotdan so'ng, keyingisi boshlandi, keyin yana... Bu holat sportchilarni zeriktirib qo'yishi aniq. 

Sportchilarimiz yakka tartibda ham shug'ullanib turishlari lozim edi deb o'ylayman...

3. Tarkibni tanlashdagi xatoliklar: 

Ko'pchilik tanqid qilgan vaznlar: -75, -63, -91 kg vaznlar avvaldan tahmin qilinganidek o'zlariga berilgan imkoniyatdan foydalana olishmadi. To'lqin Qilichevga bu borada juda ko'p savollar berildi. Uning javobi bitta: Ularning reytingi baland va shu sababli qura ularga omadli keladi degandi. SHu o'rindda ikkita savol tug'iladi! Agar boshqa bokschilarga imkon bermasa, qanday qilib reyting ochko to'plashadi? Keyin reytingi baland deb olib ketilgan bokschilarimiz, baribir ilk davralardan kuchli bokschilarga tushib qoldiku!

4. Ruhiy tomondan yaxshi tayyorlanmaganligi:

Hozirgi davrda psixolig atamasi sportda juda muhim hisoblanadi. Barcha tashkilotlarda shunday lavozim joriy etilgan. Biroq boks terma jamoasining shaxsiy psixoligi yo'q! Qanday qilib? 

Terma jamoamiz murabbiylaridan biri Farrux Qilichev Dilshodbek Ro'zmetovning mag'lubiyatiga asosiy sabablaridan biri bokschimizning birinchi raunddan so'ng ruhiy ahvoli yomonlashgani va shu sababli jangning qolgan qismida yaxshi harakat qilmaganini aytdi. SHuncha shtabga joy topilganida, psixologga joy topilmasligi g'alatiroq... Murabbiylarga bu haqida ham savol berilgandi. Javob oddiy! Hech bir psixolig murabbiydan yaxshiroq ruhiyatini ko'tara olmaydi. Lekin u zamonlar o'tib ketgandek. Rivojlanishni istasak, yangiliklar qilishdan qo'rqmaslik kerak.

5. Sportchilarimiz haddan tashqari o'zlariga ishonib yuborishdi

Bu ham bir katta sabab. So'nggi yildagi omadli yurishlaridan so'ng bokschilarimiz o'zlarini engilmasdek his qilishni boshlashdi, nazarimda. O'ziga ishonish yaxshi, biroq raqibni mensimaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Fanat Qahramonov bugungi jangda o'ziga haddan tashqari ishonib yubordi va qo'lini tushirib jang qildi. Oqibatda esa...

Nima bo'lgan taqdirda ham terma jamoamizga oxirga qadar ishonishda davom etamiz!

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика