Ahrorjon Inoyatov: "Vodiydan g'alaba bilan qaytmoqchimiz"
03 apr 2016 14:51
Yangiliklar
Ahrorjon Inoyatov: "Vodiydan g'alaba bilan qaytmoqchimiz"
Muborakning "Mashal-2" jamoasi safarda Andijonning "O'z Dong Ju"siga qarshi maydonga chiqadi. Ushbu uchrashuv oldidan jamoa futbolchisi Ahrorjon Inoyatov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun bizga og'ir o'yin bo'ladi. Birinchi turni safarda liganing eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. "O'z Dong Ju" tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar bor. Biz vodiyga faqat g'alaba uchun kelganmiz va g'alaba qozonib qaytmoqchimiz. Buning uchun jamoamizni imkoniyati etadi. Tarkib yosh futbolchilardan iborat bo'lishiga qaramay asosiy tarkib bilan tengma-teng o'yin ko'rsatgan edik. Bu bizga ishonch bo'ladi. "Mashal-2" mavsumni allaqachon kubok o'yinlari bilan boshlab bo'lgan. CHempionatda ham omadli yurish qilishni istaymiz" , - deydi Ahrorjon Inoyatov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar