Ahrol Risqullaev mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi
31 avg 2013 14:03
Yangiliklar


Ahrol Risqullaev mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi
Samarqandning "Dinamo" himoyachisi Axrol Risqullaev bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Dastlabki davrada "Dinamo" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushgan himoyachi davralar oralig'ida bir muddat Namanganning "Navbahor" klubi safida ko'rikda bo'lgan.
Biroq ikkinchi davra boshlanishi arafasida Risqullaev yana "Dinamo"ga qaytib kelgandi.
PFL futbolchini mavsum oxiriga qadar diskvalifikaciya qilish haqida qaror chiqardi. Bunga sabab qilib futbolchining Samarqand klubi bilan shartnomasi bo'la turib "Navbahor" yig'inida ishtirok etgani ko'rsatilmoqda.
Oldinroq "Dinamo"ning yana bir himoyachisi Aleksandr Kleckov ham diskvalifikaciya qilingandi.

Fikrlar