Ahrol Risqullaev "EAFF E-1" musobaqasining eng yaxshi hakami deb topildi
27 iyu 2022 22:59
Yangiliklar
Ahrol Risqullaev "EAFF E-1" musobaqasining eng yaxshi hakami deb topildi
Bugun Yaponiyada SHarqiy Osiyo futbol federaciyasi chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda mezbonlar Janubiy Koreya terma jamoasini yirik hisobda mag'libiyatga uchratib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.
Etiborli tomoni, bugungi final bahsini hamyurtlarimiz — Ahrol Risqullaev va Alisher Usmonov muvaffaqiyatli boshqarib borishdi. Ularga ikkinchi yordamchi hakam malayziyalik Arif SHamil hamda to'rtinchi hakam eronlik Hasan Akrami yaqindan yordam berishdi.
Quvonarlisi, musobaqa yakunida turnirning eng yaxshi hakami deb aynan Ahrol Risqullaev topildi.
O'zbekiston futbol hakamlari markazi nomidan Ahrol Risqullaev va Alisher Usmonovni bunday yuksak etirof bilan samimiy muborakbod etamiz.
Fikrlar