So’nggi yangiliklar

15:42"Вест Хэм" - "Ливерпуль". Салоҳ, Нуньез ва Собослаи захирада  0 15:34U23 Осиё Кубоги ярим финалида ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  0 15:25Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум”. Асосий таркиблар маълум  1 15:23Индонезия - Ўзбекистон баҳсини ким бошқаради?  13 14:55Умарали Раҳмоналиев: "Рақибнинг провокацияларига тайёр эдик"  0 14:52Альфонсо Дэвиснинг "Реал"га трансфери боши берк кўчага кириб қолди  2 14:30Карло Анчелотти: "ЛаЛига ғолиби бўлишимизга 4 очко қолди"  9 14:15Тарихий натижа қайд этган Тожикистон футзал терма жамоасига каттагина мукофот пули берилади  4 13:35ВАР «отмен». Европанинг илк чемпионати юқори технологиядан воз кечди  20 13:07«Байер» юлдузи Флориан Вирцнинг келажаги маълум  2 12:33Тожикистон терма жамоаси бош мураббийи: " Бу бизга яхши тажриба бўлди ва унинг самарасини Жаҳон чемпионатида кўрсатамиз"   11 12:10Веско Стешевич: "Забиҳилло Ўринбоевнинг сафга қайтишини интиқлик билан кутмоқдамиз"  0 11:48Интервью. Станислав Андреев: "Пахтакор" ҳар қандай ҳолатда ҳам кучли рақиб. "Сўғдиёна" кубокни ютишни мақсад қилган"  3 11:46Воҳид Шамсаи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда футзалда учратмаган ҳодисага гувоҳ бўлдим"  16 11:33Хосе Венансио Лопес: "Ушбу Осиё кубогидан мамнунман"  9

Ahmedov "Anji"dagi voqealar, Evropaga nega yo'l olmagani va akademiyasi haqida (katta intervyu) Yangiliklar

Ahmedov "Anji"dagi voqealar, Evropaga nega yo'l olmagani va akademiyasi haqida (katta intervyu)

Setanta Sport muxbiri Valeriy Samsonov Toshkentda o'zbek futboli afsonasi Odil Ahmedov bilan uchrashdi va u bilan suhbat qurdi.

Ahmedov yiliga 5 mln evroni rad etgan va "Anji"ga yo'l olgan – u Roberto Karlosga muxlislik qilgan


– Siz 2011 yilda pulga to'lib toshgan "Anji"ga o'tdingiz. Qachon ertakka tushib qolganingizni tushundingiz?

– Osiyo kubogi-2011dan so'ng (O'zbekiston to'rtinchi bo'lgan, Ahmedov ikkita to'p kiritgan – Setanta Sports) 3-4ta yaxshi takliflar bo'lgan. Katta qimi Saudiyadan. So'nggi muzokaralar shaxsan "Al SHabab" xo'jayini bilan bo'lib o'tgan – shayx bir necha soatdan so'ng 5 million evro [maosh] taklif qilgan. Otam esa "hali Saudiyada o'ynashga ulgurasan" deya fikrimdan qaytargan.

Evropada o'ynashni juda xohlagandim. Agentlarga boshlanishi uchun [Evropadagi karera] Rossiyada o'ynash yaxshi bo'lishini aytdim. Moskvaning "Dinamo" klubidan taklif kelib tushdi. Men Kiprdagi yig'inlarga uchib borishim uchun viza qilib berishdi. Ketishimga uch kun qolganda agent "Anji"ning qiziqishi haqida gapirdi va men avvaliga buni rad etdim.

So'ngra hozirda "Navbahor"da ishlayotgan "Paxtakor"ning o'sha paytdagi direktori Samvel Babayan Gadji Gadjiev bilan ["Anji" murabbiyi] bog'ladi. U rejalar haqida gapirdi va yoshligimda xonamda suratlari osilgan Roberto Karlos bilan shartnoma imzolashganini xabar qildi. SHu sabab "Anji"ni tanladim. Turkiyadagi yig'inda jamoaga katta o'yinchilar kelib qo'shildi. O'shanda loyiha jiddiy ekanligini tushunganman.

– Yiliga 5 mln evroni qanday rad etdingiz?

– Bu bo'yicha xavotir olmadim. Kambag'al oilada o'sganman: ochlik, pul etishmasligi, ammo menda futbolchi sifatida o'sish maqsadi bor edi. Katta pullar esa vaqt masalasi ekanligini bilardim.

– Kambag'allik qanday namoyon bo'lgan?

– Men qishloqda ulg'ayganman, odamlar yashash uchun ko'plab qora ishlarni bajarishadi. Otam davlat idorasida ishlagan. Maosh kam, oila esa katta edi: menda to'rt aka-uka va opam bor. SHu sabab akam bilan otamga yordam berardik. Masalan, olmalar, noklar sotish uchun bozor yoki stadionga borardik.

2000 yilda "Paxtakor" internatiga ko'chib o'tdim. Bazida metro yoki avtobusga pul bo'lmasdi – mashg'ulotlarga 10 km yayov borardim  Xudoning yordami bilan shunday sharoitdan chiqdim.



– "Anji" nimasi bilan darajaga mos kelmasdi?

– Mamurlardan boshqa barchasi alo darajada edi. Masalan, mashg'ulotlardan so'ng kir kiyimlarni savatga tashlardik, narsalarni yuvib yana savatga tashlashardi – biz esa qaysi kimning libosi ekanligini izlardik.

So'ngra "Bavariya"dan tartibni o'rnatgan mamur keldi: mashg'ulotlarga kelasan – barchasi tayyor, nimadir so'raysan – darhol berishadi.

– "Anji"dagi nima sizni ko'proq ajablantirdi?

– "Anji" xo'jayini Suleyman Kerimov Roberto Karlosga ichida haqiqiy mashinaning kaliti bo'lgan "Bugatti" o'yinchog'ini sovg'a qilgan. Karlos – juda oddiy va pozitiv inson. Hech qachon uni futbol afsonasi deb o'ylamagan bo'lardim.

– "Igor Denisov "Anji"dagi qora tanli futbolchilar haqida ko'p yoqimsiz gaplar gapirgan. Gaplaringizni tushuntirib bering, iltimos.

– Denisov – xarakterga ega futbolchi. O'yinlardan biridan so'ng u Bussufa yoki Diarra bilan urushdi va jamoada kelishmovchilik boshlandi: futbolda juda muhim bo'lgan jamoa bo'lindi. Tez orada Gus Xiddink ketdi, bizga rivojlanish yo'nalishi o'zgarganini va xohlovchilar klubni tark etishi mumkinligini aytishdi.

Xiddink obro'ga ega edi, ammo jamoadagi deyarli barchasini Samyuyuel Eto'O hal qilgan. U yutishni, gol urishni xohlardi va klub uchun ko'plab yaxshi narsalarni qilgan. Masalan, futbolchilar bilan birga mamurlar va klubning boshqa xodimlari uchun bonuslar yiqqan.

Eto'O shuningdek Madridning "Real" klubida ro'y bergan uzoq muddatli kelishmovchilik sabab Karlosni jamoadan olib tashlagan. Braziliyalik himoyachining chetlatilishi foydaga xizmat qilgan: unga hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, u 40ga qarab ketayotgan va u oldingidek emasdi.



– 2011 yilning yozida sizni Londonning "Arsenal" klubi chaqirdi. Bu nega amalga oshmadi?

– "Anji"ga o'tganimdan atigi yarim yil o'tgandi. Maxachkala klubida katta maqsadlar bor edi, shu sabab qo'yib yuborishmadi. SHuningdek O'zbekiston chempionatidan APLga birdan katta sakrash bo'lmasligi uchun Rossiyada ikki-uch yil o'ynashni xohlagandim.

– Alisher Usmonov qo'ng'iroq qilganmi?

– Yo'q. Bir marta u bilan ko'rishganman, ammo biz shunchaki bir-birimiz bilan so'rashgandik.

– "Anji" 2022 yilda "o'ldi". Bu haqda bilganingizda nimalarni his qildingiz?

– O, buni bilmagandim. Bunday tarixga ega klubning mavjudligini yo'qotishi qayg'uli. Dog'istonda RPL klubi bo'lishi kerak.

– "Anji" RPLdan tushib ketganidan so'ng sizga CSKA va "Zenit"dan qiziqish bo'lgan. Nega "Krasnodar"ni tanlagansiz?

– Meni klub xo'jayini Sergey Galickiy ko'ndirgan. SHuningdek Krasnodar havosi O'zbekistonnikiga o'xshaydi. O'zimni uydagidek his qilganman.

– Ammo, CSKA chempion bo'lgan va to'g'ridan-to'g'ri CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqandi.

– Albatta, o'zimni CHempionlar ligasida sinab ko'rishni xohlaganman, ammo Galickiy meni "Krasnodar"ning tez orada ushbu turnirning doimiy ishtirokchisiga aylanishiga ishontirgan.



– "Krasnodar" 2015 yilda ilk bor bronza medallarni oldi. Bu qanday ro'y berdi?

– Oltin ham olishimiz mumkin edi, ammo tajriba va ruhiy jihat etishmadi: mavsumning so'nggi o'yinlarida ochkolar yo'qotdik.

– Igor SHalimov va Oleg Kononov – ushbu "Krasnodar" murabbiylari o'rtasidagi farq nimada?

– Menga Kononov bilan ishlash osonroq edi, sababi uning talablari va taktikasini tushunardim. SHalimov bilan juda qiyin bo'lgan, ammo u sabab Fyodor Smolov RPLning eng yaxshi to'purari bo'ldi (Smolov 2015/16 yilgi mavsum 20ta, 2016/17 yilgi mavsum 18ta gol urgan – Setanta Sports). SHalimov unga oldinda to'pni qabul qilib olish kabi oddiy narsalarni o'rgatdi va Smolov gol ura boshladi.

– "Kokorin – iqtidorli o'yinchi. Ammo, unga xarakteri va intizom pand beradi". Smolov haqida nima deya olasiz?

– O'xshash o'yinchilar, ammo Smolov emociyalarini nazorat qila olgan. U ko'proq professional futbolchi.


Ahmedov Evropa o'rniga Xitoyni tanladi: maosh ikki baravarga oshdi, ammo o'zbek oshpazini olib kelishiga to'g'ri keldi



– Qanday qilib Xitoyga borib qoldingiz?

– 2016/17 yilgi mavsumning qishida ikkita variantim bor edi: "Nicca" kichkina maosh va transfer uchun kam pul taklif qildi, "SHanxay"da esa umuman boshqacha imkoniyatlar bor edi. Deyarli 30 yoshda edim, shu sabab Xitoyni tanladim.

– 2011 yil va 2013 yillarda Evropa haqida orzu qildingiz, ammo 2017 yilda Xitoyni tanladingiz. Nima o'zgardi?

– 24-26 yoshlarimda Evropaga borardim, 29 yoshda esa biroz boshqacharoq maqsadlar bo'ladi. Xitoy kuchli futbolchilarni yig'di va bu ham Osiyoga yo'l olishimga sabablardan biri edi.

– "Krasnodar"da deyarli 2 mln evro olardingiz. Xitoyda necha baravar ko'p taklif qilishdi?

– Ikki baravar.

– "Ahmedov futbolni emas, pulni tanladi". Bunday gaplarga qanday qaraysiz?

– Huddi shunday O'zbekistonda ham yozishdi. Kim shunday desa aminmanki u ham bunday taklifga rozi bo'lardi: o'shanda Xitoydan, hozirda Saudiyadan.



– Xitoyda siz bilan shaxsiy o'zbek oshpazi bor edi. Ovqatlanish bilan barchasi yomon edimi?

– Dastlabki bir necha yillarda ziravorlar sabab mahalliy ovqatlarni eyish qiyin bo'ldi. SHu sabab osh tayyorgash uchun O'zbekistondan oshpaz va mahalliy mahsulotlarni olib keltirdim. Barchasi uchun o'zim to'ladim, ammo unchalik ham qimmat bo'lmadi. Bundan tashqari, u mening qarindoshim.

– Xitoyda mavsum startidan bir oy oldin maydondagi legionerlarga bo'lgan limitni uchtagacha qisqartirishdi. Klublar bunga qanday munosabatda bo'lishdi?

– Bu kutilmagan bo'ldi. Klublar federaciyasi bilan janjal qilishdi, ammo kelishuvga erishishdi. Andre Villash-Boash legionerlarga navbat bilan bittadan o'yinni o'tkazib yuborishlarini aytdi. SHunday ham bo'ldi.

– Xitoydagi futbol nimasi bilan esda qoldi?

– Futbol legionerlar qo'lida edi: kim kuchli chet elliklar bilan shartnoma imzolagan bo'lsa, o'sha chempionlik uchun kurashgan. Deyarli barcha stadionlar yangi edi va doim to'lardi. Muxlislar Rossiyadan farqli ravishda futbolchilarni urushishmagan – doim qo'llab-quvvatlashgan.

– Yulduz legionerlardan kim sizni hayron qoldirgan va nega?

– Marko Arnautovichga barchasi bekor bo'lgan – avstriyalik Kokorin. Xalk barchadan ko'p mehnat qilgan – mashg'ulotlardan oldin va keyin ishlagan. Oskar unchalik o'zini qiynamagan, ammo o'yinda eng zo'ri edi.


Boshqaruvchi Ahmedov: O'zbekistondagi futbolni rivojlantirmoqda va o'z akademiyasiga 200-300 ming dollar sarmoya kiritmoqda


– Qachon va qanday qilib O'zbekiston futbol associaciyasiga vice-prezident bo'ldingiz?

– Ikki yil oldin faoliyatimni yakunladim. Federaciya prezidenti [Abdusalom Azizov] qo'ng'iroq qildi va ishga chaqirdi.



– Sizning majburiyatlaringiz va vazifalaringiz qanday?

– O'zbekiston futbol associaciyasining hozirgi bosh maqsadi – bolalar futbolini yo'lga qo'yish. Agar unda qattiq poydevor bo'lsa, qolgan barchasi joyida bo'ladi. Bizga murabbiylar va texnik direktorlar etishmayapti. Bu borada ishlayapmiz.

Prezident (SHavkat Mirziyoev) futbolga qiziqadi, u natijalar xohlamoqda va oldimizga akademiyalarni ko'tarish vazifasini qo'ygan. Joriy yilda Marokash va Franciyaning Klerfonten akademiyasiga (bitiruvchilari: Terri Anri, Nikolya Anelka, Vilyam Gallas, Lui Saa, Kilian Mbappe va boshqa ko'plar – Setanta Sports) bordik. U erda barchasi o'yinchilar uchun qilingan: maydon, tibbiy komplekslar, murabbiylar, psixologlar. Hozirda Toshkent shahri yaqinida o'zimizning Klerfontenimizni quryapmiz, u ham shunga o'xshash milliy futbol akademiyasi bo'ladi.

– Murabbiylar etishmovchiligi past maoshlar sababmi?

– Oldin bolalar murabbiylari 300 dollar atrofida olishgan. Prezidentimizning ko'rsatmalari sabab maoshlar 700-800, bazi joylarda 1 000 dollargacha oshdi. Agar futbolchi o'z yoshidagi O'zbekiston terma jamoasiga kirsa, murabbiyning maoshi avtomatik tarzda oshadi.

– Bir yil oldin "Ayntraxt" rahbarlaridan biri Kozim Aripov O'zbekistondagi asosiy futbol muammosi o'yinchilarning Evropaga emas, Yaqin SHarqqa borishni orzu qilish deb aytgandi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

– Yo'q. Agar futbolchiga Evropadan taklif bo'lsa, u boradi.

– Unda nega o'zbekistonlik o'yinchilar kamdan-kam hollarda Evropada ko'rinish bermoqda?

– Ko'plab iqtidorlar professional futbolga o'tish paytida yo'qolib qolishmoqda. Balki bu katta pullar sababdir. Bizdagi ko'plab futbolchilar Evropada o'ynay olishadi. Umid qilamanki, ular tez orada u erga yo'l olishadi.

– Hozir kuzatish kerak bo'lgan yoshlar terma jamoasidagi futbolchilar.

– Abbos Fayzullaev. CSKA uning uchun faoliyatidagi asosiy jamoa bo'lib qolmasligini juda ham xohlayman. Unda o'sish va yuqori darajadagi o'yin uchun sifat va intizom bor. SHuningdek "Lans"dan Abduqodir Husanov ham bor. Boshqa futbolchilar ham bor, ammo barchasi ularga bog'liq: agar harakat qilsa barchasi amalga oshadi.



– Qachon shaxsiy akademiyangizni ochishga qaror qildingiz?

– Galickiyning "Krasnodar"da qanday akademiya qurganini ko'rganda bu g'oya kelgan. Birinchi guruhda iqtidorli futbolchilar jamlanishgan, shu sabab 12 yoshdan shug'ullanadigan Toshkentda bosh filialni ochdim. Hozirda umumiy 300 nafar bola shug'ullanmoqda.

Zamonaviy futbol selekciyalarga bog'liq. Selekcionerlarimiz butun mamlakat bo'ylab ishlashadi. 2009 yilda tug'ilganlar jamoasidagi 25 nafardan 11 nafari Namangandan. Asosiysi – qiziqish: agar bola mazza qilsa, undan yaxshi futbolchi chiqadi.

– Bu borada Galickiy bilan maslahatlashdingizmi?

– Yo'q, ammo "Krasnodar" akademiyasi dunyodagi eng yaxshilaridan. Bunaqasini O'zbekistonda qurish uchun bizga o'zimizning Galickiyimiz kerak. Uning futbolni sevishi va sarmoya kiritishiga shlyapamni echaman.

– Akademiyangizni maqsadi qanday?

– Top-klublarda talabgir bo'ladigan futbolchilarni chiqarish. Birinchi ligada tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoamiz bor. Uning Superligaga chiqishini juda ham xohlayman. Asosiy maqsad – futbolchilardan pul ishlash emas, ularni chiqarish.

– To'rt yil ichida akademiyangizning uchta asosiy muvaffaqiyati?

– O'zbekistonning har bir terma jamoasida 5-6 futbol bor. Eng kattasi – 2006 yil. Birini "Paxtakor", boshqasini "Lokomotiv" (Toshkent) oldi.



– Futbolchi yosh paytida katta klubga o'tsa, bunday tovon puli olasizlarmi?

– Yosh o'yinchilarni o'tish yoshida nazorat qilish juda qiyin. Unga nimanidir 100 marta aytasan va baribir o'z bilganicha qiladi. SHunday futbolchilar borki, ular uchun shuncha qilganlaringga qaramay xayrlashmay ketishadi.

– Akademiyaga bir yilda qancha sarflaysiz?

– 200-300 ming dollar. O'z pulingni berganingda uni nazorat qilishing mumkin. Ayrim akademiyalar borki, undagi direktor 10-15 yillar ishlaydi va unga qanday futbolchilarni tayyorlashining farqi yo'q.

– Homiylarni jalb etishga uringanmisiz?

– Hozircha yo'q, ammo kimdir xohlasa buni muhokama qilishga tayyorman. Ko'plab homiylar futbolni tushunmaydi, shu sabab unga o'z mablag'laridan sarf qilishni xohlashmaydi. Bunday insonlar bilan ishlash qiyin.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика