So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  7 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  13 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6

Ahmadjonov Dubayga uchib ketdi, yangi murabbiy nomi iyul oyida elon qilinadi Yangiliklar

Ahmadjonov Dubayga uchib ketdi, yangi murabbiy nomi iyul oyida elon qilinadi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Xabaringiz bor, avvalroq futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun xorijdan kuchli murabbiy olib kelinishi haqida malum qilingandi.

SHu maqsadda, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va mamlakat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun erta tongda yangi bosh murabbiy bilan boshlangan muzokaralarni nihoyasiga etkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo'nab ketdi.  

Malum qilinganidek, O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik kuchli mutaxassis, jahon futbolidagi top murabbiy bo'ladi. Ayni paytda u o'z terma jamoasini Rossiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Bilasiz, xar bir murabbiy shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida yangi takliflarni ko'rib chiqishga va muzokaralar o'tkazishga haqli. SHu sababdan ham, yangi bosh murabbiy bilan terma jamoamiz masalasida yakuniy kelishuvga erishildi.

Biroq, u ayni paytda o'z shogirdlarini iyun oyida boshlanadigan mundialga tayyorlayotgani sababli, jahon chempionati yakuniga qadar nomi hozircha elon qilinmasligini so'radi. O'zining bu iltimosini mutaxassis jahon chempionati oldidan uning shogirdlari kayfiyatiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkinligi bilan izohladi. Umid Ahmadjonov yangi bosh murabbiyning bu iltimosini qabul qildi va iyul oyiga qadar uning nomi futbol jamoatchiligiga elon qilinmasligiga vada berdi.

Eng muhimi mutaxassis bilan yakuniy to'xtamga kelindi va u Rossiyadagi mundialdan so'ng mamlakatimizga tashrif buyuradi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini rasman qo'lga oladi. Unga qadar esa mamlakatimizning bosh jamoasi O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida yangi tashkil etilgan murabbiylar kengashi qo'l ostida o'quv-mashg'ulot yig'inlari va belgilangan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.  

SHunisi aniqki, yurtimiz futbol muxlislari milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyini juda yaxshi bilishadi va O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatining bu tanlovidan benihoya hursand bo'lishadi. Tabiiyki yangi bosh murabbiy oldiga Osiyo kubogi-2019 da muvaffaqiyatli ishtirok etish va terma jamoamizni 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yiladi. Voqealar rivojini biz bilang kuzatib boring.


O'zbekiston terma jamoasini kim boshqarishi aniq

O'FA Karlos Keyrush bilan muzokara o'tkazmoqda

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика