Ahmad Ubaydullaev: “Lokomotiv” bilan durang "Metallurg" uchun sensaciya emas"
12 mar 2015 22:13
Yangiliklar

Ahmad Ubaydullaev: “Lokomotiv” bilan durang "Metallurg" uchun sensaciya emas"
Oliy liga 1-turidan o'rin olgan “Metallurg” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng (0:0) o'tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar murabbiyi Ahmad Ubaydullaev o'yin borasida qisqacha to'xtalib o'tdi.
- O'yindan qoniqish hosil qilmadim. O'yinda bir qator keskin vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq, ulardan foydalana olmadik. Har ikki jamoa mavsumga to'liq tayyor emasligini ko'rishimiz mumkin.
“Lokomotiv” bilan durang biz uchun sensaciya emas. Hamma kabi biz ham g'alabani o'ylab maydonga tushgandik. Umid qilamanki, “Metallurg” ushbu mavsumda sovrinli o'rinlarni egallaydi, - deya fikrini yakunladi Ahmad Ubaydullaev.
Aytish kerakki, “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov betobligi sababli matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi.

Fikrlar