So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ahadjon Yusupov: CHempionlikka erishishdan ko'ra uni saqlab qolish qiyinroq Yangiliklar

Ahadjon Yusupov: CHempionlikka erishishdan ko'ra uni saqlab qolish qiyinroq

SHu kunlarda futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 1 bosqich, 2 tur o'yinlari ko'hna Samarqand shaxrida bo'lib o'tmoqda.
 Bu yilgi chempionatda hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan Toshkentning Lokomotiv klubi bosh murabbiyi Ahadjon Yusupov bilan qisqa suhbat uyushtirdik va ushbu suhbatni etiboringizga havola etamiz.


- Ahad aka, bugungi g'alaba bilan tabrikliman. Musobaqada jamoa hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramadi. Bu albatta yoqimli holat. Umuman bu yilgi chempionatda Lokomotivning ishtirokini qanday baxolaysiz? Jamoa qanday vazifalarni o'z oldiga qo'ygan?

- Raxmat. Xabaringiz bor, o'tgan mavsumda jamoamiz birinchi marta O'zbekiston chempionatida barcha sovrinlarni o'ziniki qilib oldi. Mamlakatimizning etakchi klubi Ardus bilan bo'lgan final uchrashuvlarida g'alabani o'z foydamizga hal etdik. Albatta chempionlikka erishishdan ko'ra uni saqlab qolish qiyinroq. Maqsadimiz yana chempionlik pog'onasiga ko'tarilib, muxlislarimizni xursand etish. SHuningdek Osiyo CHempionlari Ligasida ham O'zbekiston shanini munosib himoya qilish.

Takidlab o'tishim kerakki, bizni bunday yaxshi natijalar ko'rsatishimizda O'zbekiston Temir Yo'llari DATK judayam katta yordam berayapti. Biz esa o'zimizga bildirilgan ishonchni oqlashga bor kuchimiz, matonatimizni ishga solamiz.


- Bu yil tarkibga Andrey SHlema, Oleg Holmuhammedov, Murod Azamatov kabi futzalchilarni taklif etildi. Ular o'zlariga bildirilgan ishonchni qay tarzda oqlamoqdalar?

  - Etibor bergan bo'lsangiz SHlyoma allaqachon 10 tadan ko'proq gol urdi. Oleg bo'lsa so'nggi ikki uchrashuvda 4 gol urishga muvaffaq bo'ldi. Murodjon esa chempionatimizda eng kam gol o'tkazib yuborgan darvozabon bo'lib turibdi. Ko'rib turganingizdek amalga oshirilgan transferlar o'zini to'liq oqlamoqda.


- Avgust oyida Loko futzalchilari Osiyo CHempionlari ligasida ishtirok etadi. Ushbu turnir oldidan yana tarkibni kuchaytirishni rejalashtirganmisiz?

- Ayni damda bor etiborimizni milliy chempionatizga qaratganmiz. Maxalliy futzalchilarning xizmatlaridan foydalanmoqdamiz. Ikkinchi davradan tarkibimizga ikki legioner futzalchini taklif etish borasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Jamoamizda hozir birinchi tarkib mukammal holatda, ikkinchi tarkibni ham kuchaytirish ustida izlanish olib boryapmiz.


Ushbu chempionatda qaysi klublarni medallar uchun kurashda boshqalaridan ustunroq deb bilasiz?

- O'zingizga malum, ko'p karra O'zbekiston chempioni Ardusdan har doim havf kutish mumkin. Tajribali murabbiylar shtabi va mohir va yosh futzalchilari bilan har qanday jamoaga qarshi kurasha oladi. Yana bu yilgi chempionatda Maksam CHirchiq ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Bizning klubdan ushbu jamoaga bir nechta futzalchilar o'tishgan va tarkibni sezilarli darajada kuchaytirgan. Kogon jamoasi ham bu yil sovrinli o'rinlar uchun kurasha oladi. Musobaqa debyutanti, Qarshining Do'stlik-AIN jamoasi esa birinchi marta musobaqada qatnashishiga qaramasdan judayam yaxshi ishtirok etmoqda. Menga bu jamoaning o'yini yoqdi.


- Ahad aka, suxbat uchun raxmat. Jamoamizning keyingi uchrashuvlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика