Aguero uchun 4 top-klub kurashmoqda

Mirjalol Normatov
22 fev 2021, 22:14
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero bir yo'la 4 top-klubning nazariga tushgan.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, futbolchining agenti bilan "Real", "Barselona", "Yuventus" va "Inter" kabi klublarning vakillari muzokaralar olib borishgan. Eslatib o'tamiz, futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Hozircha tomonlar uni uzaytirish borasida gaplashib olishmagan.

Aguero ushbu mavsumda "Siti" tarkibida 9 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito