Aguero: "O'tgan mavsumda chempionlik "Liverpul" qo'lida edi"
27 okt 2014 15:24
Yangiliklar


Aguero: "O'tgan mavsumda chempionlik "Liverpul" qo'lida edi"
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero o'tgan mavsumdagi o'z o'yini haqida gapirib berdi.
"O'tgan mavsum jarohatlar sabab men uchun juda qiyin bo'ldi. Men so'nggi o'n uch uchrashuvdan bor yo'g'i uchtasida ishtirok etdim. "Liverpul"ga qarshi hal qiluvchi o'yinni zaxirada boshladim va Jekoning o'rniga maydonga tushdim. O'sha bahsdan so'ng chempionlik "Liverpul" qo'lida edi.
Boshqa jamoalar bizga yordam berib yuboradi deb o'ylagandik. To'g'risini aytsam men baribir g'olib bo'lishimizga ishongandim. Ertami kechmi "Liverpul" qoqilishini bilardik va bu amalga oshdi. Jerrardning xatosidan so'ng Demba Ba gol urib ketshidan keyin, "Liverpul" sardoriga achinmadim, chunki men o'z jamoam haqida o'ylayotgan edim" - deydi Aguero.

Fikrlar