Aguero hozirgi "Manchester Siti"ni afsonaviy "Barselona" bilan solishtirdi
30 may 2023 21:40
Yangiliklar
Aguero hozirgi "Manchester Siti"ni afsonaviy "Barselona" bilan solishtirdi
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Serxio Aguero "shaharliklar"ning hozirgi saviyasini 2009 yilgi "Barselona" bilan solishtirdi.
"Aslida bu ikki jamoani bir-biriga tenglashtirish juda qiyin. CHunki vaqtlar o'zgardi, shuningdek, liga ham boshqacha. Biroq ushbu jamoalarning tarixda qoldirayotgan izlari juda beqiyos.
"Barselona"da Messining ajoyib harakatlari va Buskets, Xavi, Inestaning markazdagi hukmronligi betakror bo'ldi. "Manchester Siti" esa katta mehnat evaziga dunyoning eng raqobatbardosh ligasida o'yinlarni boshqarmoqda. Bu esa juda qiyin", - dedi Aguero.
Ayni damda "Manchester Siti" trebl qayd etishga yaqin turibdi. Pep Gvardiola 2009 yili "Barselona" bilan geksa-trik qayd etgan, yani, 6ta sovringa ega chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar