Aguero ayol hakamning elkasidan ushladi, Gvardiola esa bunga o'z fikrini bildirdi
18 okt 2020 11:58
Yangiliklar
Aguero ayol hakamning elkasidan ushladi, Gvardiola esa bunga o'z fikrini bildirdi
Kecha "Manchester Siti" Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.
Vaziyatlardan birida Aguero to'p kimdan chiqib ketgani borasida ayol hakam bilan bahslashdi. Serxio shundan so'ng Messi-Ellisning bo'yinga yaqin joydagi elkasidan ushladi, ammo ayol futbolchini siltab yubordi.
"Azizlar... Serxio - men hayotimda uchratgan eng yoqimli inson. Boshqa vaziyatlardan muammo qidiringlar, bundan emas", - dedi Gvardiola o'yindan so'ng.
Eslatib o'tamiz, o'yin "shaharliklar"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar