Aguero APL to'purarlari ro'yxatida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi
12 may 2019 20:25
Yangiliklar


Aguero APL to'purarlari ro'yxatida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi
Ayni vaqtda "Brayton" - "Manchester Siti" uchrashuvining ikkinchi bo'limi davom etmoqda.
Serxio Aguero bahsning 28-daqiqasida gol urdi. Natijada uning urgan gollari soni 164 taga etdi va "Liverpul"da o'ynagan sobiq hujumchi Robbi Faulerni (163 gol) quvib o'tdi.Buning uchun argentinalik forvardga 239 o'yin etarli bo'ldi. Endilikda, Aguero APL to'purarlar tarixida oltinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar