So’nggi yangiliklar

00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  4 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  5 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0 17:16Назорат ўйини. "Сурхон" ва "Локомотив" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди  1

AGMKning yangi umidli futbolchisi Xojimat Erkinov bilan suhbat Yangiliklar

AGMKning yangi umidli futbolchisi Xojimat Erkinov bilan suhbat

Teglar :  AGMKHojimat Erkinov
Olmaliqning AGMK jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini bir qator legioner va mahalliy futbolchilar bilan kuchaytirib oldi.

Bosh murabbiy tarkibda tajriba va yosh futbolchilarni uyg'unlashtirish maqsadida jamoaga o'tgan mavsum “Qo'qon-1912” tarkibida o'zini ko'rsata olgan Xojimat Erkinovni taklif qildi. Salohiyati yuqori baholanayotgan futbolchi ikkinchi turdan o'rin olgan “Sug'diyona”ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushdi va o'yinni kuchaytirishga hissasini qo'shdi. Jamoa muxlislari tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan iqtidor sohibini suhbatga chorlab, o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Xojimat, suhbatimizni odatiy savol bilan boshlasak. Futbolga kirib kelishingiz tarixi qanday bo'lgan? Boisi, katta futbolda o'z o'rnini egallashga intilayotgan futbolchilardan birisiz...

- Millionlar o'yiniga kirib kelishim Do'rmondagi futbol to'garagidan boshlangan. So'ng TTZ hududida joylashgan mahsus futbol maktabida mashg'ulotlarda qatnashdim. So'ng kuchli klublardan biri “Paxtakor” akademiyasida shug'ullandim, katta futbolga qadam qo'ydim.Ikki yil davomida o'rinbosarlar jamoasida harakat qildim. Futbol sir, asrorlarini o'rgandim. O'tgan yilning ikkinchi davrasida “Qo'qon-1912”ga yo'l oldim, tajriba to'pladim. Endi esa AGMKning g'alabalariga o'zimning ulushimni qo'shmoqchiman.

- AGMKning qishki yig'inlaridagi mashg'ulotlarida ishtirok etdingiz. Dastlabki taasurotlar qanday? Baribir, “Qo'qon-1912” bilan bu jamoaning o'rtasida farq katta. Maqsadlar, vazifalar, uslub butkul boshqacha...

- Mazkur klubda mashg'ulotlar olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ichki muhit alo darajada deb ayta olaman. Joriy yilda sovrinli o'rinlarni egallab OCHLga yo'llanma olishni maqsad qilganmiz.

- Mirajalol Qosimov sizdan nimani xohlamoqda? Talablari qanday?

- Menga doim sabr bilan tinimsiz mehnat qilishimni aytadilar. Aynan kuchli mehnat evaziga yutuqlarga erishish mumkinligini takidlaydilar.

- Mavsumni ketma-ket ikkita durang bilan boshladinglar. Sizningcha mazkur bellashularda jamoaga g'alaba uchun nima etishmaydi?

- Birinchi turda “Metallurg” bilan yaxshi o'ynadik. Ammo, vaziyatlardan foydalana olmadik. Jizzaxda birinchi bo'limda o'yinimiz o'zimiz istagandek chiqmadi. Ikkinchi taymda esa harakatlarimiz o'xshadi. Muvozanatni tikladik. G'alaba bilan qaytishimiz ham mumkin edi.

- Jamoada tajribali va yosh futbolchilar o'rtasida munosabat qanday? Bilamizki, ayrim klublarda yoshlarni chetga chiqarib qo'yish holatlari ham kuzatiladi...

- Akalarim menga har tomonlama yordam berishadi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham masalaxatini ayamaydi. To'g'ri yo'l ko'rsatishadi. Bu borada muammo yo'q.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика