So’nggi yangiliklar

16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  5 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  4 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  1 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  1 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  9 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  13 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  3 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  9 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   9 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6

AGMKning yangi futbolchilari qaysi raqamda o'ynashlari malum Yangiliklar

AGMKning yangi futbolchilari qaysi raqamda o'ynashlari malum

AGMK jamoasi 2021 yilgi mavsum oldidan o'z tarkibini 8 nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirdi.

Qishki transfer oynasi vaqtida AGMK hozircha 8 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bular darvozabon - Botirali Ergashev, himoyachilar Dilshod Ahmadaliev, Abbos Otaxonov, universal futbolchi Vladimir Kozak, yarim himoyachilar Sanjar SHoahmedov, SHohruh Gadoev, Elvin Fortes va hujumchi Aleksandr Kasyan.

Mazkur futbolchilarga bugun jamoa liboslari topshirildi va ularga AGMK safida yorqin o'yin ko'rsatib, jamoa bilan katta yutuqlar va sovrinlarni qo'lga kiritishda omad tilandi. Botirali Ergashev jamoa safida 1-raqam ostida harakat qilishni maqul ko'rdi. Abbos Otaxonov 15-raqam, Dilshod Ahmadaliev 77-raqam, Vladimir Kozak 29-raqam, Sanjar SHoahmedov 22-raqam, SHohruh Gadoev 28-raqam, Elvin Fortes 94-raqam va Aleksandr Kasyan 18-raqamni tanladi.


Botirali Ergashev: "Yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapman. Bu yil ishtirok etadigan musobaqalarimiz ko'p va unda AGMK katta marralarni ko'zlamoqda. Tezroq Olmaliqdagi stadionga muxlislarni ko'rish va ularni xursand etish xohishi yuqori".



Abbos Otaxonov: "Katta maqsadlarni ko'zlayotgan jamoa safiga kelganimdan xursandman. Yangi mavsumda Olmaliq shahriga katta g'alabalarni taqdim etishni reja qilganmiz. Umid qilamanki, 9 mart kuni muxlislar stadionda ajoyib muhitni yaratib, bizni qo'llab-quvvatlashadi. Biz esa o'z o'rnida ularni g'alaba bilan xursand etishga chog'langanmiz".



Dilshod Ahmadaliev: "Avval aytganimdek, AGMK jamoasiga kelganimdan baxtiyorman. Tezroq yangi jamoam libosida maydonga tushib, muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etish ilinjidaman. Yangi mavsumda rejalar katta va ularni amalga oshirishimiz yo'lida muxlislar bilan bir jamoaga aylanib, katta yutuqlarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman".


Vladimir Kozak: "Men 12 yil deganda jamoa almashtirdim va bejizga AGMKni tanlamadim. Buni mavsum davomida o'yinlarim bilan isbotlashga harakat qilaman. Yangi mavsumda bizni uzoq yo'l kutmoqda. O'sha uzoq yo'lning finishiga birinchi bo'lib borishni rejalashtirganmiz. Bu yo'lda esa bizga asosiy ko'makchi bu olmaliqlik ishqibozlar bo'lishiga shubha yo'q. Biz ularga g'alabalarni taqdim etishga astoydil harakat qilamiz".


Sanjar SHoahmedov: "Olmaliqqa qaytganimdan xursandman. AGMK bilan yuqori maqsadlarni ko'zlaganmiz. Nihoyat o'zimning sevimli jamoam bilan o'ylagan niyatlarimga erishmoqchiman. Olmaliqlik muxlislarni yaxshi bilaman, ular yangi mavsumda jamoamizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashlariga ishonaman. Ular juda madaniyatli va jamoaga fidoyi muxlislar. Ochig'i, mavsum startini katta sog'inch bilan kutyapman. Bizni qizg'in va unutilmas mavsum kutyapti, deb umid qilaman".


SHohruh Gadoev: "AGMKda o'zimni yangi jamoaga kelgandek emas, balki avval ham shu erda bo'lgandek his qilyapman. Bu erda nafaqat kuchli jamoa, balki ahil oila sifatida yaxshi kollektiv shakllanmoqda. Reja, vazifa va maqsadlar katta. Bu yilgi chempionat har taraflama o'zgacha bo'lishini kutyapman. Birinchi turda biz sog'ingan muxlislar olqishi ostidagi stadion va ishqibozlar sog'ingan chiroyli futbol hamda albatta jamoamizdan g'alabani kutyapman".


Aleksandr Kasyan: "AGMK yuqori maqsadlarni ko'zlagan jamoa. Men bu jamoani bejizga tanlaganim yo'q. Har bir futbolchi faoliyati davomida katta yutuqlarni qo'lga kiritishni xohlaydi. Men bu ishni AGMK bilan bajarishni niyat qilganman".


Elvin Fortes: "Yangi mamlakat, yangi jamoadaman. Ilk taassurotlarim juda yaxshi. Quvnoq, ahil va birdam jamoa yig'ilgan. Men o'z o'yinlarim orqali jamoaga foydam tegishini va bu samarali bo'lishini istayman. O'ylaymanki, AGMK jamoasi faoliyatimdagi katta burilish nuqtasi bo'ladi. Orzu va niyatlarim katta. Yangi mavsumni va ilk o'yinni boshqacha hayajon bilan kutyapman. Mavsum davomida esa muxlislarga ko'plab g'alabalar taqdim etishga urinamiz".


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика