AGMKning O'zbekiston kubogi finaliga chiqish bo'yicha seriyasi tugadi
24 noy 2021 17:48
Yangiliklar
AGMKning O'zbekiston kubogi finaliga chiqish bo'yicha seriyasi tugadi
Bir necha daqiqa oldin O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi ilk bahs bo'lib o'tdi.
Olmaliqda AGMK va "Nasaf" jamoalari o'rtasida kechgan uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechdi. Yakunda "ajdarlar" 2:0 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasiga ega chiqishdi.

SHu tariqa, Qarshi klubi AGMKning mamlakat kubogi finaliga chiqish bo'yicha seriyasiga barham berdi. Bunga qadar olmaliqliklar ketma-ket uch bor finalda to'p tepishgan. Ularning birida g'alaba qozonishgan bo'lsa, ikkitasida mag'lubiyat alamini totib ko'rishgan edi.
2018 yil: AGMK – "Paxtakor" 3:1
2019 yil: "Paxtakor" – AGMK 3:0
2020 yil: AGMK – "Paxtakor" 0:3
P.S. Barcha o'yinlar neytral maydonlarda tashkillashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar