AGMK Turkiyadagi so'nggi o'yinda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2018, 10:40
Kecha AGMK Antaliyada tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

"Spartak Subotica" jamoasiga qarshi uchrashuvni qo'shni qirg'izistonlik hakamlar boshqarib borishdi. Uchrashuv anchayin asabiy va qo'pol tarzda o'tdi. Raqib jamoa tomonidan amalga oshirilgan qo'polliklar hakam tomonidan bee'tibor qoldirilishi ko'plab etirozlarga sabab bo'ldi. O'yin davomida AGMKning bir necha futbolchisi jarohat sabab maydonni tark etdi.

Garchi uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsada, har ikki darvoza oldida gol urish uchun imkoniyatlar etarlicha bo'ldi.

Mazkur bahs bilan AGMKning Antaliyada tashkil etgan ilk o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etdi. Jamoa a'zolari bugun Antaliya - Istanbul - Toshkent yo'nalishida vatanimizga qaytishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz