AGMK sobiq futbolchisi Pavel Matyash jamoasini o'zgartirdi
24 jan 2020 18:45
Yangiliklar


AGMK sobiq futbolchisi Pavel Matyash jamoasini o'zgartirdi
2018 yilgi mavsumda olmaliqliklar safida harakat qilgan qirg'izistonlik darvozabon Pavel Matyash mamlakatning etakchi jamoasidan ketdi.
Malumotlarga ko'ra, tajribali posbon faoliyatini "Olg'a" klubida davom ettiradi. Posbon mazkur klub darvozasini 2015 yil ham qo'riqlagan.
Pavel o'tgan mavsumni "Dordoy" klubida o'tkazdi.
32 yoshli futbolchi Qirg'iziston terma jamoasida 41ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2019 yil BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar