So’nggi yangiliklar

14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  0 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  3 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  1 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  1 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  1 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  2 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  17 11:59"Деярли ҳар куни йиғлардим"  11 11:40"Роналдунинг гол нишонлаши футболдан ташқарига ҳам чиқиб кетди..."  9 10:15"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди  7 09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  3 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  9 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  6

AGMK safida niderlandiyalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda Yangiliklar

AGMK safida niderlandiyalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

AGMK Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"Bu galgi raqib o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra chempionatda bronza medalni qo'lga kiritgan Belarusning "Torpedo Belaz" jamoasi bo'ldi.

O'yin noqulay ob-havo, yani kuchli bo'ronli shamol ostida o'tgani jamoalarga qiyinchilik tug'dirdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Ustinov tomonidan berilgan kuchli zarba shamol yordamida darvozaning yuqori to'qqizligidan joy oldi. Birinchi taym o'rtalariga kelib jamoamiz ustunlikni qo'lga olib, hujumga zo'r berdi. Biroq shamolga qarshi o'ynashga to'g'ri kelgan bahsda futbolchilarimizning o'ylagan rejalari yakunda amalga oshmay qolaverdi. Murod Toshmatov, Sanjar SHoahmedov va Zafar Polvonov qator vaziyatlarda imkoniyatga ega bo'lishdi, lekin yakuniy zarbani berishda ularga aniqlik etishmadi.

Ikkinchi taym o'rtalariga yaqin qator o'zgarishlar ruy berdi. O'yinga jamoamizning Antaliyadagi yig'iniga kecha kelib qo'shilgan ko'rikdagi niderlandiyalik vinger, Kabo-Verde terma jamoasi azosi Elvin Fortes ham tushirildi. Elvin Fortes qisqa vaqt ichida o'zining yuqori texnika va dribling harakatlari bilan ajralib turdi. Aynan Fortesning faol harakati va jarima maydonchasiga kirishga bo'lgan urinishi chog'ida raqib tomonidan ishlatilgan qo'pollik natijasida jamoamiz uchrashuvning 83-daqiqasida penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Rahmonov esa nuqtadan adashmadi va o'yinda muvozanatni tikladi. Lekin bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida "Torpedo Belaz" jamoasi burchak zarbasidan keyin jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan foydalanib, g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

SHu tariqa kuchli shamol ostida kechgan bahsda jamoamiz "Torpedo Belaz"ga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda SHohruh Gadoev, Aleksandr Kasyan jarohatlari bois ishtirok etishmadi. Husniddin G'ofurov va Botirali Ergashev milliy terma jamoa yig'inida bo'lib turishibdi va ular ertaga jamoaga qo'shilishi rejalashtirilgan. Bugundan etiboran Antaliyaga kelgan jamoamizning yangi azosi Vladimir Kozak ertadan mashg'ulotlarni boshlaydi", – deya xabar berdi olmaliqliklar matbuot xizmati.

Nazorat o'yini.

17 fevral, chorshanba.

Antaliya, "Eko Dizayn sport kompleksi".

"Torpedo Belaz" - AGMK 2:1

Gollar: Ustinov (5), Odeoibo (87) - Sardor Rahmonov (84)

"Torpedo Belaz" — Aleksey Kozlov, Vitaliy Ustinov, Igor Burko, Dmitriy Yashin, Alan Aussi, Andrey Xachaturyan, Nikita Nikolaevich, Velozu Lipe, Yuriy Gabovda, Aleksey Antilevskiy, Dmitriy Antilevskiy.

AGMK — Suhrob Sultonov - Mirg'iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar SHoahmedov - Sanjar Tursunov, Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Ahmadaliev, Boburbek Yo'ldoshev, Jasur Umarov, Sarvar Ablaev, SHeroz Jalolov, Dilshod Jo'raev, Elvin Fortes, Kamron Abdulhamidov.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика