So’nggi yangiliklar

21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  1 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:55ОЧЛ-2. "Ал Аҳли" - "Андижон" 1:0 (матнли трансляция)  48 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  23 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0

AGMK - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

AGMK - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NasafAGMK
Superliganing 26-turida “Nasaf” safarda Olmaliqda AGMK jamoasi mehmoni bo'ladi.

Uchrashuv 19 oktyabr kuni “OKMK” stadionida soat 18:00da boshlanadi.


O'zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va “AGMK” jamoalari shu paytgacha milliy chempionatimizda o'zaro 22 marta kuch sinashgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning 3tasida olmaliqlik futbolchilar g'alabaga erishishgan. 11ta uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan, yana 8 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati quyidagicha ko'rinish olgan – 19:32. Ustunlik “Nasaf” tomonida. SHu yili Qarshida bo'lgan o'zaro uchrashuvda “AGMK” jamoasi 2:0 hisobida g'alabaga erishgan edi.

Olmaliqdagi o'zaro uchrashuvlarga oid

Olmaliqda bo'lib o'tgan o'zaro 11ta  uchrashuvning 2tasida “konchilar” zafar quchishgan. 5ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To'rt uchrashuvda esa “Nasaf” g'alaba qozongan. Bu uchrashuvlarda darvozalarga jami 19ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha  8:11 ustunlik “Nasaf” tomonida. SHu yili Olmaliqda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda jamolar 0:0 hisobida durang o'ynashgan.


Olmaliqdagi so'nggi besh uchrashuv natijasi
22.06.2014.  “Olmaliq”  - “Nasaf” 1:3
23.03.2015.  “Olmaliq”  - “Nasaf” 2:0
11.03.2016.  “Olmaliq” – “Nasaf” 1:3
07.04.2017.  “Olmaliq” – “Nasaf” 1:0
26.04.2018.  AGMK – “Nasaf”  0:0

Jamoalar to'purarlari


Ayni paytda to'purarlar bo'yicha "Nasaf"da Bobir Abduxoliqov karvonboshilik qilmoqda. U hozirgacha 8ta gol kiritgan. “AGMK” jamoasining to'purari serbiyalik yarim himoyachisi Yovan Jokich hisoblanadi. Uning hisobida 9ta gol bor, ularning 7tasini penaltidan kiritgan.

Mazkur jamoalarning yoshlari o'rtasidagi uchrashuv bugun, 18 oktyabr payshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Olmaliq shahridagi “Metallurg” stadionida soat 15:00da boshlanadi.

Barcha futbol ishqibozlarini ana shu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика