So’nggi yangiliklar

16:26Музаффар Музаффаров жамоаси билан тарихий натижа қайд этди   2 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  0 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  3 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  4 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  1 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2

AGMK matbuot anjumaniga taklif etadi Yangiliklar

AGMK matbuot anjumaniga taklif etadi

12 fevral kuni AGMK Osiyo chempionlar ligasi o'tish bosqichida maydonga tushadi.

Bugun, 10 fevral kuni 01:45da AGMKning OCHLdagi raqibi “Istiqlol” (Dushanbe) jamoasi Istanbul - Toshkent yo'nalishi orqali yurtimizga etib keldi. 12 fevral kuni Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichida o'ynadigan AGMK va “Istiqlol” klublarining o'yindan avvalgi mashg'ulotlari hamda matbuot anjumani vaqti aniq bo'ldi. 

Bugun har ikki jamoaning mashg'uloti Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo'lib o'tadi. AGMK o'z mashg'ulotini 11:00da boshlaydi. Mehmon jamoa mashg'uloti 16:00da boshlanadi. Har ikki mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq. 

Ertaga ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi. Matbuot anjumani Toshkent shahridagi “Lotte” mehmonxonasining “Registon” zalida bo'lib o'tadi. Matbuot anjumanida dastlab 11:30da “Istiqlol” bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etsa, 12:00dan boshlab AGMK ustozi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytaradi. 

11 fevral kungi mashg'ulotlar Toshkent shahridagi “Jar” stadionida bo'lib o'tadi. 11:00da AGMK va 16:00da “Istiqlol” o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq. 

Eslatib o'tamiz, AGMK va "Istiqlol" o'rtasidagi OCHL bahsi 12 fevral kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi. 

(Ertangi matbuot anjumanidan keyin ro'yxatdan o'tgan OAV vakillariga OCHL akkreditaciya kartochkalari tarqatiladi)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика