So’nggi yangiliklar

00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  2 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  9 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  21 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  34

Coca Cola Superligasi. AGMK "Lokomotiv" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. AGMK "Lokomotiv" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Teglar :  AGMK Lokomotiv
Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 10-tur
AGMK – LOKOMOTIV 3:1

Gollar: Abduholiqov 36, Jokich 47, Polvonov 88, Umarov 90+1.


17 avgust.
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov 


AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 2.Akmal SHorahmedov (20.Mirg'iyos Sulaymonov 84), 5.Dilshod Jo'raev, 3.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov, 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (10.SHahzod Nurmatov 84), 18.Bahrom Abdurahimov (17.Sanjar Tursunov, 30.Jasur Umarov), 77.Arslonmirat Amanov ( 11.Murod Toshmatov 74), 9.Zafar Polvonov, 8.Hojimat Erkinov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 7.Elguja Grigalashvili, 21.Mate Vatsadze, 44.Boburbek Yuldashev.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin, 10.Marat Bikmaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 25.Javohir Alijonov (6.Davron Umirov), 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev, 77.Diyor Turopov, 80.Farruh Ibrohimov. 

Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 5.Slavko Damyanovich, 18.Ibrohim G'anixonov, 26.Dilshodjon Komilov, 83.Asadbek Ergashev.

Ogohlantirish: Qosimov 66.


Ushbu sahifa orqali o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi

MATNLI TRANSLYACIYA

Ushbu g'alaba orqali AGMK turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

Uchrashuv yakunlandi!

90. Goool! Yaqinda maydonga tushgan Jasurbek Umarov chap oyoqdagi zarbasi bilan "Lokomotiv" darvozasini ishg'ol qildi! 3:1!

90. Asosiy vaqtga uch daqiqa qo'shib berildi. 

90. Sanjar Tursunov o'rniga Jasurbek Umarov maydonga tushdi. 

88. Goool! Markaz orqali boshlangan hujumdan so'ng Zafar Polvonov raqib darvozasini ishg'ol qildi! 2:1!

86. Sulaymonovning bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi

84. AGMK tarkibida ikkita o'zgarish. Akmal SHorahmedov va Mirjamol Qosimov o'rniga o'yinni SHahzodbek Nurmatov va Mirg'iyos Sulaymonovlar davom ettirishadi.

82. Jarimadan etkazib berilgan to'pga Sardor Rahmonov boshi bilan zarba bergandi. Biroq noaniq.

74. AGMK tarkibida Amanov o'rniga Murod Toshmatov uchrashuvni davom ettiradi. 

73. "Lokomotiv" safida o'zgarish. Vadim Afonin o'rniga Ibrohim G'anixonov maydonga tushdi. 

72. Zafar Polvonovning bergan zarbasini Ilyosov ushlab oldi.

66. Mirjamol Qosimov markazda Avazbek O'lmasalievga qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

59. "Lokomotiv"da o'zgarish.  Javohir Alijonov o'rniga Davron Umirov maydonga tushdi.

57. AGMKda xavfli hujummmm! Mirjamol Qosimovning bergan zarbasini Ilyosov bartaraf etdi!

56. Xavfli vaziyatttt!!! Temurxo'ja Abduholiqov birga-bir vaziyatda gol kirita olmadi. Ushbu vaziyatda Sultonov ishonchli harakat qildi.

49. Uchrashuv tempi biroz ko'tarildi.

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


47. Goool! Yovan Jokichning boshi bilan zarbasi "Lokomotiv" darvozasiga yo'l oldi. Hisob - 1:1!

46. AGMK safida Bahrom Abdurahimov o'rniga Sanjar Tursunov maydonga tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Birinchi bo'limga bir daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

43. Olmaliqliklar burchak zarbasidan unumli foydalana olishmadi.

40. Goldan so'ng "Lokomotiv" futbolchilari tempni yanada oshirishdi.

36. Gooool! Temurxo'ja Abduholiqov bahsda dastlabki golni kiritdi. Ushbu vaziyatda Suhrob Sultonov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. 0:1!

29. "Lokomotiv" futbolchilarining hujumi samarasiz yakunlandi.

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


22. "Loko" futbolchisining uzoqdan bergan zarbasi!!! Sultonov o'z o'rnida!

20. AGMKning chap qanot bo'ylab uyushtirgan hujumi toshkentliklar himoyachilari tomonidan qaytarildi.

17. "Lokomotiv" futbolchilarining burchakdan etkazib bergan to'plarini raqib futbolchilari bartaraf etishdi.

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


15. "Lokomotiv" futbolchilari jarima zarbasi berishdi. Ammo olmaliqliklar tomonidan hujum bartaraf etildi. 

12. AGMK futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatildi

9. To'p nazorati AGMK futbolchilarida.

6. Uchrashuv hozircha teng kurashlar ostida kechmoqda.

(FOTO: Jahongir Fayzullaev)


2. Ilk hujum "temiryo'lchilar"da. Turopovning bergan zarbasini Suhrob Sultonov bartaraf etdi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

-Birozdan so'ng poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida AGMK hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv start oladi. 

-Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика