So’nggi yangiliklar

13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  0 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  4 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  5 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   11 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  6 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  15 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  36

AGMK legionerni ko'zdan kechirmoqda Yangiliklar

AGMK legionerni ko'zdan kechirmoqda

Teglar :  AGMK
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Superliganing ikkinchi davrasiga qizg'in taraddud olib bormoqda.

Davralar oralig'ida yuzaga kelgan tatildan qaytgan futbolchilar chempionatning ikkinchi qismiga tayyorgarlik bosqichini Qibraydagi stadionda ko'tarinki ruhda davom ettirmoqda.

Bu haqda AGMK futbol klubi matbuot xizmati klubning telegramdagi rasmiy kanali orqali xabar bermoqda.

Kuniga ikki mahaldan olib borilayotgan mashg'ulotlarda murabbiylar shtabi ko'proq futbolchilarning jismoniy holatini kerakli darajaga olib chiqishga etibor qaratishmoqda. SHuningdek, kunning ikkinchi yarmidagi mashg'ulotlarda jamoa taktik jihatlar ustida ishlamoqda.

AGMK jamoasi tarkibidagi yangilarlarga to'xtaladigan bo'lsak, mavsum avvalida kelgan bolqonlik yarim himoyachi Mirolyub Kostich va Marko Zochevich bilan klubimiz do'stona xayrlashdi. SHu o'rinda ularning kelgusi faoliyatida omad tilab qolamiz.

Ayni paytda esa AGMK mashg'ulotlarida Superliganing birinchi davrasini "Qizilqum"da o'tkazgan tayanch yarim himoyachisi Erkin Baydullaev hamda gruziyalik qanot vingeri Elguja Grigalashvili va o'tgan ikki mavsum davomida klubimiz sharafini himoya qilgan va ortga qaytarilgan Vladislav Kasminin ishtirok etishmoqda. Tez orada klubimiz mazkur futbolchilar bilan rasman shartnoma imzolaydi.

SHuningdek, yig'inda chernogoriyalik himoyachi Igor Zonich ko'rikdan o'tmoqda. Agarda ushbu futbolchining harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, unda Zonichga shartnoma taklif etiladi.

Qayd etish kerakki, kuni kecha jamoamiz futbolchilari O'FA Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi tomonidan o'tkazilgan 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50 metrga yugurish singari normativ testlarni  topshirdi.

Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik doirasida jamoamiz 18 iyul kuni Toshkentdagi "Jar" o'yingohida "Buxoro" bilan nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur bahs soat 20:00da start oladi", - deyiladi AGMK matbuot xizmati bergan xabarda.

AGMK yig'inida ko'rikdan o'tayotgan chernogoriyalik himoyachi Ivan Zonich


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика