So’nggi yangiliklar

16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  4 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  6 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  16 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3

AGMK jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibi elon qilindi Yangiliklar

AGMK jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibi elon qilindi

AGMK matbuot xizmati Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashadigan jamoaning yakuniy tarkib qaydnomasini taqdim etdi.

Xabaringiz bor, 7-18 avgust kunlari Tailandda futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston chempioni sifatida AGMK jamoasi vatanimiz sharafini himoya qiladi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi AGMK futzal jamoasi mazkur musobaqada qatnashadigan futzalchilar ro'yxatini bugun malum qildi.

Unga ko'ra, jami 14 nafar futzalchilar yakuniy ro'yxatdan o'rin oldi. Tarkibga ikki darvozabon va 12 nafar futzalchilar kiritilgan.


Quyida AGMK jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan futzalchilar qaydnomasini taqdim etamiz:

1. Rustam Umarov (darvozabon)

2. Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon)

3. Mashrab Odilov

4. Ixtiyor Ropiev

5. Ilhomjon Hamroev 

6. Husniddin Nishonov

7. Dilshod Rahmatov 

8. Davron Valijonov 

9. Alan Aminov 

10. Akbar Usmonov 

11. Temur Berdiev 

12. Davron CHoriev 

13. Islombek Biyto'raev 

14. Anasxon Rahmatov 

Bosh murabbiy: Aleksandr Petrov

Aleksandr Petrov boshchiligidagi futzal jamoamiz Tailandda bo'ladigan Osiyo chempionatiga jiddiy taraddud ko'rmoqda. Jamoa tayyorgarlik doirasida Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazdi va o'rtoqlik turnirida ishtirok etib, sovrindorga aylandi.

SHuningdek, AGMK futzal jamoamiz Osiyo chempionatiga taraddud ko'rish doirasida 26 iyul kuni Toshkentda O'zbekiston futzal terma jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida "B" guruhidan joy olgan va unda Vetnam klub "Tai Son Nam", Iroqning "Naft Al Vasat" hamda Qatarning "Ar Rayyan" jamoalari bilan kuch sinashadi.

AGMK futzal jamoasi 5 avgust kuni musobaqada qatnashish uchun Tailandga yo'l oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика