So’nggi yangiliklar

01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  4 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  12 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

AGMK jamoasi tantanali tarzda medallar bilan taqdirlandi GALEREYA Yangiliklar

AGMK jamoasi tantanali tarzda medallar bilan taqdirlandi GALEREYA

Teglar :  AGMK
Bugun Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida AGMK asosiy jamoasi va yoshlar jamoasi o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha qo'lga kiritgan sovrinlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Xabaringiz bor, AGMK jamoasi ketma-ket ikkinchi mavsum O'zbekiston chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritgan bo'lsa, Yoshlar Birinchiligida U21 jamoamiz tarixda ilk bor chempionlik shohsupasiga chiqqandi.

SHu munosabat bilan bugun jamoamiz azolariga, xususan Azam SHerg'oziev boshchiligidagi yoshlar jamoamiz vakillariga oltin, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoamizga esa bronza medallari taqdim etildi.

Yoshlar Birinchiligida chempion bo'lgan AGMK yoshlar jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabiga qimmatbaho televizorlar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimida O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov va PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev hamda OKMK boshqaruv kengashi raisi va klubimiz prezidenti Abdulla Xolmuradovich Xursanov qatnashdi.

Taqdirlash marosimida suzish bo'yicha Paralimpiya sovrindori bo'lgan olmaliqlik Islom Aslanov OKMK rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlandi.

SHuningdek, marosimda 50 yildan ortiq vaqt mobaynida futbolga ashaddiy muxlislik qilayotgan, xususan AGMK jamoasining fidoiy muxlisi hisoblangan Safar Baymakov klubimiz tomonidan taqdirlandi.

Futbolni rivojlantirishga qo'shayotgan beminnat xizmati uchun O'FA vice prezidenti Odil Ahmedov OKMK boshqaruv raisi, AGMK futbol klubi prezidenti Abdulla Xolmuradovich Xursanovga O'FA prezidenti Abdusalom Azizov nomidan tashakkurnoma va maxsus sovrinni topshirdi.

SHuningdek, Mirjalol Qosimov AGMK jamoasi nomidan OKMK boshqaruv kengashi raisi Abdulla Xolmuradovich Xursanovga fidoiy rahbar sovrinini topshirdi.

AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, AGMK futzal jamoasi murabbiyi Aleksandr Petrov, AGMK yoshlar jamoasi murabbiyi Azam SHerg'oziev va AGMK ayollar jamoasi murabbiyi Ilhom Xanjarievga samarali mehnatlari uchun esdalik sovg'alari taqdim etildi.

OKMK tomonidan bir necha yillardan buyon homiylik qilib kelinayotgan «Matonat» nogiron-amputantlar futbol jamoasi masullariga ham qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Tadbirning so'nggi qismida zalga yig'ilgan mehmonlarga Metallurg madaniyat saroyi badiiy dastalari tomonidan tayyorlangan koncert dasturi taqdim etildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика