So’nggi yangiliklar

15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  0 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  2 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  31 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2

AGMK futzal jamoasi tantanali kutib olindi Yangiliklar

AGMK futzal jamoasi tantanali kutib olindi

Teglar :  FutzalAGMK
Tailand poytaxti Bangkokda o'tgan Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan AGMK futzal jamoasi bugun erta tongda Toshkentga qaytib keldi.

AGMK futzal jamoasini kutib olish uchun klub rahbariyati va OAV vakillari ham chiqishdi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi futzal jamoamiz Osiyo chempionatida AGMK klubi tarixidagi eng yaxshi natija, yani musobaqaning to'rtinchi o'rinini qo'lga kiritdi. SHu boisdan ham yosh tarkib bilan qita chempionatida munosib ishtirok etgan jamoamizni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi va AGMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrovga zarbop chopon kiydirildi. SHuningdek, barcha futzalchilarni karnay-surnay sadolari va gullar bilan kutib olindi.

Futzal jamoasini kutib olgan OKMK boshqaruv raisining ijtimoiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Ulug'bek Fayazov va klub bosh direktori Muxtor Qurbonov chiqishdi. SHuningdek, AGMK telekanali muxbirlari hamda "championat.asia" sayti xodimlari mazkur jarayonni yoritish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportiga kelishdi.

Qayd etish kerakki, AGMK futzal jamoasi o'z tarixida ilk bor Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi va mazkur musobaqada to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Musobaqa davomida jami 6 uchrashuv o'tkazgan jamoamiz 3 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etdi. Guruhda va 3-o'rin uchun bo'lgan bahsda Vetnamning "Tay Son Nam" jamoasiga imkoniyat boy berilgan bo'lsa, yarim finalda Eron klubi "Mes Sungun" g'alaba qozondi. Guruhda "Naft Al Vasat" hamda "Al Rayyan" va chorak finalda Tailandning "Port" jamoalari esa dog'da qoldirildi. 

SHu tariqa AGMK futzal jamoasi Osiyo chempionatida 24 marotaba gol kiritib, o'z darvozasidan 28ta to'p o'tkazib yubordi. Jamoamiz kiritgan gollarga Akbar Usmonov (6), Davron CHoriev (6), Ixtiyor Ropiev (5), Ilhomjon Hamroev (2), Husniddin Nishonov (2), Dilshod Rahmatov, Mashrab Odilov va Anasxon Rahmatovlar mualliflik qilishdi.

Bugun Toshkentga qaytib kelgan futzalchilarimiz endilikda bugundan start oladigan O'zbekiston chempionatining ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rishadi.










Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика