AGMK futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi Yangiliklar

AGMK futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi

AGMK matbuot xizmati himoyachi Andrey Mishenkoning "Neftchi"ga o'tganini malum qildi.

"Jamoamizga joriy mavsum kelib qo'shilgan himoyachi Andrey Mishenko bilan tuzilgan shartnoma o'zaro kelishuvga asosan ikki tomonlama bekor qilindi.

Mishenkoga jamoamiz nomidan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda uning keyingi «Neftchi» jamoasidagi faoliyatida omad tilaymiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

Yozdagi yig'inlar davomida Mishenko "Neftchi" tarkibida "Zomin" hamda "Lokomotiv"ga qarshi nazorat o'yinlarida ishtirok etdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика