Agent: "Torreyra "Atletiko"dan ketishni rejalashtirmayapti"
16 dek 2020 10:15
Yangiliklar
Agent: "Torreyra "Atletiko"dan ketishni rejalashtirmayapti"
"Atletiko"da ijara asosida o'ynayotgan "Arsenal" xavbeki Lukas Torreyraning agenti Pablo Betankur mijozining yanvarda Madrid klubidan ketishi borasidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Lukas xotirjam va baxtli, u "Atletiko"dan qishda ketishni rejalashtirmayapti. Adaptaciya jarayoni endi yakunlanmoqda", - deydi Betankur.
"Arsenal" va "Atletiko" o'rtasidagi ijara shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, unda futbolchini xarid qilish huquqi mavjud.
Torreyra joriy mavsum Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
01:59
Ispaniya Superkubogi. "Real" yarim finalda "Atletiko"ni mag'lub etdi, finalda "el klasiko" ko'ramiz 34
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar