Agent: “Lautaro “Real” va “Barselona” haqida o'ylayotgani ham yo'q”

31 mar 2020, 07:45
“Inter” hujumchisining agenti mijozining kelajagi haqida gapirdi.

“Ko'pchilik bunday holatda tunlari uxlay olmagan bo'lardi. Ammo Lautaro juda xotirjam. U hech qachon menga telefon qilib, “Real” yoki “Barselona” u bilan shartnoma imzolashni xohlayotgani haqida so'ramaydi. Mijozim bor e'tiborini “Inter”dagi ishtirokiga qaratgan. Ko'pchilik bilan gaplashdik, biroq hech qanday aniq narsa yo'q. Bu shunchaki muzokara xolos. Lautaro esa ko'proq o'ynash va gol urishni xohlamoqda”, - deydi futbolchining agenti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia