Agent: "Jorjinoga Italiyadan taklif yo'q edi"
24 mar 2023 23:10
Yangiliklar


Agent: "Jorjinoga Italiyadan taklif yo'q edi"
"Arsenal" futbolchisining agenti Joao Santos mijozining "to'pchilar" tarkibiga o'tishi haqida gapirdi.
"Jorjino "Arsenal"ga o'tganida unga Italiya klublari qiziqish bildirmagandi. SHunday bo'lib qoldi, bunday darajadagi katta profilga ega futbolchi A Seriya klublariga kerak bo'lmadi. Aslini olganda, Jorjinoning xarakteristikasi shundayki, u istalgan ligada o'ynay oladi", - dedi agent.
Qishda Jorjino "CHelsi"dan "Arsenal"ga o'tdi. 31 yoshli futbolchi "kanonirlar" tarkibida 8 o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar