Agar MTJ murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lmasa...
21 noy 2013 15:39
Yangiliklar

Agar MTJ murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lmasa...
Iordaniya bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng Mirjalol Qosimov terma jamoadan ketishi haqida aytib O'FFga ariza yozgandi.
Ammo O'FF uning talabini qondirmadi. Biroz o'tib esa federaciyaning rasmiy saytida quyidagi xabar chop etildi.
...
O'zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga hozirda O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar orasidan munosib nomzodlar ko'rib chiqilmoqda. Mirabror Usmonovning qayd etishicha, terma jamoa boshqaruviga xorijdan tajribali mutaxassislarni jalb etish rejasi ham bor. O'FF rahbarining so'zlariga ko'ra, bosh murabbiyi masalasi 2014 yil yanvar oyiga qadar hal etiladi... (www.the-uff.com. 19.09.2013).
Agar ushbu xabar o'z isbotiga ega bo'lsa, Mirjalol Qosimovning MTJdagi faoliyati yakuniga etdi. Boisi kelasi yilning mart oyiga qadar terma jamoamiz hech qanday o'yinda maydonga tushmaydi. Gonkong bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyingi matbuot anjumanida “O'zbekiston terma jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Osiyo Kubogi final musobaqasi boshlanishiga vaqt etarli. Ushbu turnirga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, o'z oldimizga maksimal vazifa qo'yish niyatimiz bor, - dedi Qosimov.
Osiyo Kubogiga qadar bir yildan ortiq vaqt bor. 2014 yil terma jamoamiz faqat bitta rasmiy o'yinga ega. U ham bo'lsa, 5 mart kuni ahamiyatini yo'qotib bo'lgan O'zbekiston - BAA qarama-qarshiligi. SHu bilan 13 avgustda FIFA kuni mavjud. Sentyabr va oktyabr oylarida ham ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish imkoniyatiga egamiz. 19 noyabr FIFAning so'nggi rasmiy kuni. Ko'rib turganimizdek, MTJ ixtiyorida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun 6ta imkoniyat bor.
Mavzuga qaytsak... Qosimovning terma jamoadagi faoliyatini davom ettirish ehtimoli ham yo'q emas. Qolaversa, terma jamoaga jalb qilingan uch futbolchi - Igor Sergeev, Sardor Rashidov va Jamshid Iskanderov o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashdi. Bu erda Vohid SHodiev ham bor. SHodievni 1986 yilda tavallud topganini inobatga olsak, undan "stabil" o'yin kuta olamizmi yoki yo'q degan savol ham kelib chiqadi. CHunki futbolchi shu yilga qadar nazardan chetda qolib keldi. Yuqoridagi uchta yosh futbolchi shuni isbotlay oldi-ki, bizning oliy ligamizda agar yoshlarga imkon berilsa, MTJ kuchayib boraveradi. Buning uchun albatta yangi yildan boshlab jamoalar tarkibida 21 yoshli futbolchi to'p tepishini majbur qilib qo'yish kerak.
Guvohi bo'ldikki, qanot futbolidan voz kechsak biz gol ura olamiz. Ammo gol urish unumdorligi foiz ko'rsatkichida juda ham past. Bir kishi kam Gonkong terma jamoasi darvozasini maydonda harakat qilayotgan 3ta hujumchining evaziga ishg'ol qildik. JCH saralash o'yinlari davomida esa biz bitta hujumchi bilan Koreya, Livan, Eron kabi kuchli raqiblarga qarshi bahs olib bordik. Taktika o'zgarishi va maydonda yoshlarning ishonchni oqlashi O'FFda Qosimovga bo'lgan ishonchning qaytishiga sabab bo'lish ehtimoli yuqori. Qolaversa, o'zbek muxlislari ham bazi faxriy futbolchilarni terma jamoa tarkibiga kiritmayotgani uchun yana Qosimovga ishona boshladilar. Nima uchun aksar OAV vakillari va muxlislar Qosimovning ketishini istashyapti? O'z paytida terma jamoamiz bundan ham battar ahvolga tushib qolganda bosh murabbiyga nisbatan bunday qarshi chiqmagan edilar. Bu erda ko'proq murabbiy Qosimovga emas, shaxs Qosimovga nisbatan adovat kuchayib ketdi. Sababi, uni himoya qilish jarayonida bazi kishilar haddan tashqari oshirib yuborishdi va o'z o'zidan nizolar kelib chiqa boshladi. Natijada Qosimovning murabbiylik ishi uyoqda qolib, uning o'ziga nisbatan adovat kuchayib ketdi. Buning natijasida o'zbek futboli faxrining futbolchilik paytida orttirgan obro'siga ham chang solina boshladi. O'zbek - kechirimli xalq va adovat saqlamaydi. Agar MTJda Qosimov faoliyatini davom ettiradigan bo'lsa, barcha-barcha kelishib ish qilishi lozim. CHukni futbolda manaviy ozuqa olayotgan million-million vatandoshimiz bor. Ularning hurmati tufayli o'zaro kelishib ishlashimiz kerak. Agar xorijdan mutaxassis keladigan bo'lsa, unda Qosimovning o'zi unga yaqindan yordam berishi lozim. Agar kelmasa, unda atrofdagilar Qosimovga yordam qo'lini cho'zsinlar. Futbolimizdagi eng katta muammo, bu mutaxassislarning bo'linib, bir-biriga yordam bermasligida. Aslida bu - qaytar dunyo. Biron bir holatga duch kelsak, "qaytar dunyo" atamasini ko'p ishlatamiz. Agar inson birovga yaxshilik qilsa, u ham qaytadi.
Sal avvalroq Xayrulla Xoliqovning maqolasi chop etildi. Undagi bir gapga to'liq qo'shilmay ilojim yo'q. Guss Xiddink kelmaydimi, tashkilotchilik shunday tarzda davom etsa, biz "Salom, JCH! Xayr, JCH!" deya salom-aliq qilib yuraveramiz.
Lekin men bir gapni takror va takror aytishdan to'xtamayman. Qosimov terma jamoada qolib atrofdagilar bilan kelishib olsa va hamma ahil bo'lib ishlasa, biror narsaga ega chiqishimiz mumkin. Buning uchun Qosimovning xayolini "Bunyodkor" aslo bo'lishi kerak emas. Hech qanaqasiga bir jamoa murabbiyi ikkita postga egalik qilishi kerak emas. "Bunyodkor" doim o'z oldiga chempionlik maqsadini qo'yadi, tabiiyki bu Qosimovga ortiqcha ish. Ortiqcha ish bo'lishdan tashqari klub manfaati kezi kelganda yuqori planga chiqa boshlaydi. SHkvirin yillar davomida tarbiyalagan Zoteev MTJning asosiy tarkib azosi darajasiga chiqqanida, chempionlikni qo'lga kiritish yo'lida Qosimov u orqali "Bunyodkor" zaxirasini kuchaytirdi. Klub kuchaydi, ammo kerak paytda MTJ yarq etib chiqayotgan o'yinchisidan ajraldi.
Qosimovning "Bunyodkor"dan ketishiga yana bir asosli sabab bu - Osiyo Kubogi - 2015. Qita chempionati 6 fevral - 5 mart kunlari Avstraliyada bo'lib o'tadi. Tabiiyki buning uchun 2014 yil dekabr va 2015 yilning yanvar oylari terma jamoamizning yig'inlari bilan o'tadi. Bunday paytda Qosimov "Bunyodkor" uchun hech qanaqasiga vaqt ajrata olmaydi.
Biz uchun MTJ azolari o'z jamoalarining asosiy tarkibida to'p tepishlari kerak. Xullas gap shunaqa, "SA" uchun MTJning kim boshqarishi umuman ahamiyatga ega emas, bizning vazifamiz o'z sohamizdan kelib chiqib, futbolimizning yuqori cho'qqilarga chiqishida ulush qo'shish. Bizga faqat bir narsa kerak, "SA" vakillariga MTJ va uning murabbiylari tomonidan ilq munosabat, mashg'ulotlarda ochiq muloqotlar, muxlislar uchun qiziqarli tadbirlar va hokozo. Futbol muxlis uchun o'ynaladi, faqat muxlis uchun!
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar