Agar Montoyya uchun 20 mln evro to'lashsa, "Barselona" u bilan xayrlashishga tayyor
12 dek 2014 11:47
Yangiliklar


Agar Montoyya uchun 20 mln evro to'lashsa, "Barselona" u bilan xayrlashishga tayyor
"Barselona" himoyachisi Martin Montoyyaning agenti klub vakillari bilan uchrashdi va ular bilan futbolchining kelajagi haqida suhbat olib bordi.
Montoyya boshqa jamoaga o'tib asosiy tarkibda o'ynamoqchi, "Barselona" esa himoyachi uchun 20 mln evro to'laydigan klub bilan muzokara o'tkazishga tayyor.
Bundan tashqari, "Barselona" o'z futbolchisini ijaraga berishga ham rozi.
Eslatib o'tamiz, Montoyya "Barselona"da o'yin amaliyoti etishmayotganligi sabab klubni tark etmoqchi.

Fikrlar