Agamurodov boshchiligidagi "Qizilqum" bugun "Mashal" bilan o'ynaydi. Kechagi mashg'ulotlardan galereya
07 iyu 2020 13:32
Yangiliklar


Agamurodov boshchiligidagi "Qizilqum" bugun "Mashal" bilan o'ynaydi. Kechagi mashg'ulotlardan galereya
Navoiyning "Qizilqum" klubi Superliganing 4-turiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Kuni kecha jamoaga turkmanistonlik Tachmurad Agamurodov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Murabbiy yangi jamoa bilan mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi. Bugun, 7 iyun kuni "Qizilqum" Navoiyda Muborakning "Mashal" klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. O'yin soat 19:30da boshlanadi va muxlislarsiz o'tadi.
Quyida "Qizilqum"ning kechagi mashg'ulotlaridan rasmlarni tomosha qiling.
Foto: "Qizilqum" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar