Afsuski, 4 kun oldin maydonda xushini yo'qotgan 27 yoshli futbolchi vafot etdi
28 avg 13:13
Yangiliklar
Afsuski, 4 kun oldin maydonda xushini yo'qotgan 27 yoshli futbolchi vafot etdi
24 avgust kuni Libertadores kubogi 1/8 finali doirasidagi "San-Paulu" - "Nasonal" o'yinining 84-daqiqasida urugvayliklar yarim himoyachisi Xuan Iskerdo maydonda xushini yo'qotib yiqilgan edi.
Keyinchalik uni shifoxonaga olib ketishgan va u jonlantirish bo'limida shifokorlar nazoratida bo'lib turgan edi.
Libertadores Kubogi uchrashuvi vaqtida nohush holat ro'y berdi
"Nasonal" klubi matbuot xizmati bugun 27 yoshli yarim himoyachi vafot etganini elon qildi. Futbolchi yurakdagi muammo sabab olamdan o'tdi.
"Futbol klubimiz qalblarimizda chuqur qayg'u va iztirob bilan sevimli futbolchimiz Xuan Iskerdo vafot etganini elon qiladi.
Uning oila azolari, do'stlari, hamkasblari va qarindoshlariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Butun "Nasonal" uning o'rnini to'ldirib bo'lmas judoligi uchun motam tutadi. Xuan, sen biz bilan abadiy birga bo'lasan", - deb yozilgan klub rasmiy bayonotida.
Fikrlar