Afsonalar uchrashuvida ishtirok etuvchilar nomi elon qilindi
27 may 2016 14:04
Yangiliklar
Afsonalar uchrashuvida ishtirok etuvchilar nomi elon qilindi
Jamoalarning birida "Milan" va "Inter"ning mashhur o'yinchilari, boshqasida esa butun jahon yulduzlari to'p tepadi.
"Milan" va "Inter" afsonalari
Darvozabon: Franchesko Toldo.
Futbolchilar: Kafu, Roberto Karlos, Djanluka Dzambrotta, Mark van Bommel, Deyan Stankovich, Luish Figu, Marsel Desayi, Filippo Indzagi, Patriciya Paniko, Lotar Matteus, Klarens Zeedorf, Xuan Sebastyan Veron, Fabio Kannavaro, Estebano Kambyasso.
Murabbiylar: Ruud Gullit va NBAning italiyalik basketbolchisi Danilo Gallinari.
Jahon terma jamoasi
Darvozabon: Vitor Bayya.
Futbolchilar: Michel Salgado, Stefani Xauton, Gaiska Mendeta, Klod Makelele, Rober Pires, Predrag Miyatovich, Veronika Bokete, Davor SHuker, Rai, Kristian Karambe, Stiv Makmanaman, David Trezege, Deku, Erik Abidal.
Murabbiylar: Emilio Butrageno, Antonio Lopes.
O'yinda faqat erkaklar futbol afsonalari emas, balki ayollar futboli yulduzlari ham ishtirok etadi: Patriciya Paniko, Veronika Bokete va ayollar futboli rivojlanishi elchisi Stef Xauton.
Fikrlar