So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

Afsonaga aylangan o'yin haqida Alisher Nikimbaev xotiralari Yangiliklar

Afsonaga aylangan o'yin haqida Alisher Nikimbaev xotiralari

Taniqli o'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida 1996 yilgi voqeani esladi.

"O'zbekiston terma jamoasi birinchi marta 1996 yil Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etgan. Saralash bosqichida terma jamoamizning raqiblari Tojikiston va Bahrayn bo'lishi kerak edi. Biroq Bahrayn saralashda qatnashishdan bosh tortdi va guruhda ikkita jamoa qoldi

SHu tariqa bitta yo'llanma taqdiri O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi uy-safar o'yinida hal bo'lishi kerak edi. O'sha paytda Tojikiston terma jamoasi O'zbekistonga tengma-teng raqobat qilar edi. 90-yillarda ushbu yurt terma jamoasi safida darvozabon Andrey Mannanikov, himoyachi Hakim Fuzaylov, yarim himoyachi Rashid Rahimov, hujumchi Arsen Avakov kabi mashhur futbolchilar bor edi.

O'zbekiston terma jamoasining xorijda o'ynayotgan bir qator futbolchilarida vatanparvarlik kamligi haqida gap so'zlar paydo bo'lgani uchun Dushanbedagi birinchi o'yinga jamoamiz Igor SHkvyrin, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov kabi legionerlarsiz bordi.

Bundan tashqari OFK mazkur bahsga "o'yin taqdirini hal qilishga qodir" qozog'istonlik hakam Aleksandr Kulakovni tayinladi. SHu bois ilk uchrashuvda Tojikiston 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Javob o'yinidan oldin O'zbekiston terma jamoasi safiga legionerlar qaytarildi. Ammo eng optimal tarkib bilan ham 5:0 hisobidagi g'alabaga erishish juda qiyin edi. Kamida omad ham kerak edi.

Javob o'yini Toshkentdagi MHSK stadionida bo'lib o'tdi, sababi o'sha paytda "Paxtakor" stadioni maysasi qayta ekilayotgandi.

O'yin boshidayoq vakillarimiz 2:0 hisobida oldinga o'tib olishdi. Afsonalarga ko'ra Tojikiston bosh murabbiyi bazi futbolchilarining o'yinni sotayotganini sezib qolgan. Birinchi taymning o'zida mehmonlar o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Ammo bu bilan natijaga tasir qila olishmadi. Asosiy vaqtda 4:0 hisobi qayd etildi. Umumiy hisob tenglashgach qo'shimcha taymlar belgilandi. 95-daqiqada Zafar Musaboev beshinchi bor Tojikiston darvozasiga gol urdi, o'sha paytda "oltin gol" qoidasi amalda edi. SHu bois o'sha zahoti uchrashuv yakunlandi va O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi", - deb yozadi Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.




O'zbekiston - Tojikiston - 5:0

19.06.1996. Toshkent. MHSK stadioni. 15000 tomoshabin.
Osiyo Kubogi saralashi. Javob o'yini. Birinchi o'yin 0:4.

Hakam: 
Eldor Ramazonov (Turkmaniston)

Gollar: Qosimov Mirjalol 4 penalti, Andreev Sergey 8, Qosimov MIrjalol 33 penalti, SHkvirin Igor 72, Musaboev Zafar 95.

O'zbekiston: Bugalo Pavel; Davletov Fevzi (Ro'zimov Ulug'bek, 67); Magametov Farxod; Qosimov Mirjalol; Zaxarov Andrey; Mamotov Eduard; Tillaev Olim (Usmonxo'jaev Oybek, 58); Atoyan Stepan; Lebedev Sergey; SHkvirin Igor; Andreev Sergey (Musaboev Zafar, 37)

Tojikiston: Mannanikov Andrey; Fuzaylov Xakim; Mamajonov SHuhrat (Klimanov Vladimir, 19); Piskarev Sergey; Rahimov Rashid; Asadullaev Anvar; Baturenko Yuriy; Alidodov Umid (Jabborov SHuhrat, 20); Ashurmamadov Aliyor (Levchenko Vitaliy, 29); Avakov Arsen; SHaripov Fahriddin

Ogohlantirishlar: Mannanikov Andrey; Fuzaylov Hakim; Rahimov Rashid; Baturenko Yuriy; Klimanov Vladimir
CHetlatish: Rahimov Rashid, 92 (2SK)


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика