Afrikalik futbolchilardan tashkil topgan jamoa O'zPFL Kubogida ishtirok etadi
22 jan 2014 20:26
Yangiliklar

Afrikalik futbolchilardan tashkil topgan jamoa O'zPFL Kubogida ishtirok etadi
Fevral oyida Toshkent shahri va viloyati stadionlarida tashkil etiladigan O'zbekiston Professional futbol ligasi Kubogi uchun
o'tkaziladigan musobaqada afrikalik futbolchilardan tashkil topgan jamoa ishtirok etadi. Bu haqda bir oydan beri Toshkentda shug'ullanayotgan Nigeriyaning Mark Stars klubi menejeri Jerri Emonkpayri Futbol Ekspress gazetasiga malum qildi.
Futbol Ekspress xabariga ko'ra, Mark Stars jamoasi o'tgan hafta Toshkentning Oqtepa futbol klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o'ynagan. Emonkpayrining so'zlariga ko'ra, uning maqsadi – Afrikadan yaxshi saviyadagi futbolchilarni olib kelib, o'zbek klublariga joylashtirish.
Hozircha 19 nafar o'yinchimiz shu erda. Yanvar oyi oxirigacha eng kuchli futbolchilarimiz ham kelishadi, – deydi Emonkpayri. Uning aytishicha, fevralda O'zbekistonda O'zPFL Kubogi bahslari o'tkaziladi, unda Mark Stars ham ishtirok etadi. Nigeriyalik menejer bu borada O'zPFL bosh direktori Farhod Magametov bilan gaplashgan va tashkilot rahbari afrikaliklarning musobaqadagi ishtirokiga ruxsat bergan.
Jamoa tarkibida jami 30ga yaqin futbolchi bo'lib, ulardan ikki nafari Kot d’Ivuar, yana ikkitasi esa Ganadan, qolgan barcha futbolchilar nigeriyalik. O'ylaymanki, hali oliy liga klublaridan futbolchilarimizga takliflar bo'ladi, – deydi Jerri Emonkpayri.
Dekabr oyi oxirida bir guruh nigeriyalik futbolchilar Toshkentda Bunyodkor libosida suratga tushgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Keyinroq, bu futbolchilar Bunyodkor emas, balki logotipi va liboslari Bunyodkornikiga juda ham o'xshab ketadigan Gruziyaning Mark Stars klubi vakillari ekani malum bo'lgandi.
Ko'pchilik bizni Bunyodkor kiyintirgan deb o'ylayapti ekan. Lekin jamoamizning Bunyodkorga hech qanday aloqasi yo'q. Mark Stars futbol klubi ham Nigeriya, ham Gruziyada faoliyat olib bormoqda, – deydi Jerri Emonkpayri. Uning malum qilishicha, jamoaga nigeriyalik va gruziyalik shaxslar homiylik qilishmoqda va Marks Stars – shunchaki jamoa emas.

Fikrlar